О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
sarflaydigan energiya miqdori
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatlanish me’yori.
sarflaydigan energiya miqdori
Mehnat faoliyatining turi Energiya sarfi (kkal) 8-11 yoshli o‘quvchilar 12-14 yoshli o'quvchilar Aqliy mehnat kishilari Mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari Qisman mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari Og‘ir jismoniy mehnat bilan mashg‘ul kishilar 1900 2400 2200-2900 2950-3200 3450-3700 3900-4300 dan ko‘proq Organizmda energiya sarfi kaloriya yoki joul (J) birligida (1 kaloriya 4,2 J ga teng) hisoblanadi. 1 kaloriya 1 litr suvni 1° С ga isitish uchun sarf bo‘ladigan energiyaga teng. Organizmda 1 g karbonsuv yoki oqsil parchalanganida 4,1 kkal (kilokaloriya), 1 g yog‘ parchalanganida 9,3 kkal energiya hosil bo‘ladi. Ovqatlanish me’yori. Mehnat qobiliyatini saqlab qolish va sog‘lom bo‘lish uchun bir sutka davomida yeyiladigan ovqat shu vaqt davomida sarflangan energiya o‘mini to'ldinshi lozim. Shu sababdan har xil kasbda mehnat qiladigan kishilar uchun ovqatlanish me’yori ishlab chiqiladi. Ovqatlanish me’yonni belgilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati aniqlanadi. Ovqatlanish ratsionini belgilashda organizmning turli xil oziq moddalar: karbonsuvlar, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar va mineral tuzlarga ehtiyoji hisobga olinadi. Katta yoshli odam bir sutkada 100-120 g oqsil, 80-110 g yog‘ (shundan 30 g o‘simlik yog‘i), 450-500 g karbonsuv iste’mol qilishi lozim. Ovqatlanish me’yori organizmning energiyaga talabini qondirish bilan birga nobud boiadigan hujayralar o‘rniga yangi hujayralarning hosil bo‘lishiga va odamning to‘laqonli 104 mehnat qilishiga imkon heradi, organizmning infeksiyali kasalliklarga qarshiligini ta’minlaydi. To‘g‘ri ovqatlanish - salomatlik garovi hisoblanadi. Hech qaysi mahsulot organizmning barcha moddalarga talabini qondirolmaydi. Shu sababdan ovqat lanish me’yorlashgan, ya’ni unda oqsilli mahsulotlar bilan birga yetarli miqdorda karbonsuvlar, o‘simlik va hayvon yog‘lari, vitaminlar, mineral tuzlar ham bo‘lishi zarur. O'simliklar tarkibidagi kletchatka ichak va oshqozon devori muskullarining qisqarishiga yordam beradi. Semirish - moddalar almashinuvi, yurak-qon tomirlari va harakat organlari ishining buzilishi bilan bog‘liq. 0 ‘lim semirish dardiga uchragan kishilar orasida boshqalarga nisbatan ikki baravar ko‘p boladi. Aniqlangan semirish yogli, tez hazm boiadigan konditer mahsulotining ko‘p iste’mol qilinishi, ya’ni organizmga ovqat bilan kiradigan energiya qiymati sarf bo‘lgan energiyaga nisbatan ko‘p b o li shi natijasida kelib chiqadi. Semirishning oldini olish uchun sport va jismoniy mehnat bilan ko‘proq shug'ullanish, ovqatlanish me’yon va rejimiga amal qilish zarur. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling