О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring
Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish. Oziq-ovqat mahsulotlarida
vitaminlarning saqlanib qolinishi ularning saqlanish sharoiti va muddati, ovqat tayyorlash texnologiyasi bilan bevosita bog'liq. A, Bx, B2 vitaminlari har qanday ta’sirga chidamsiz bo'ladi. A vitamini ovqat pishirish, mahsulotlarni quritish davo mida parchalanib ketadi. A vitamini pishirilgan sabzida xom sabziga nisbatan ikki marta kamayadi. Pishirilgan go'shtda В guruh vitaminlari 15-60 %, o‘simlik mahsulotlarida to'rtdan bir qismi saqlanib qoladi. С vitamini issiqlik ta’sirida va ochiq havoda oson yemiriladi. Shu sababdan sabzavotlarni bevosita ovqatga solishdan oldin tozalash, ko'p qaynatmaslik, qop- 101 58-rasm. Vitaminlarga boy oziq-ovqatlar. qoqni yopib pishirish lozim. С vitamini metall idishlarda ham tez parchalanadi. Shu sababdan sabzavotlar faqat emalli idishlarda pishiriladi. Sabzavotli ovqat pishgandan so‘ng tezda iste’mol qilinadi. Odam har kuni ovqat bilan vitaminlarni zarur miqdorda qabul qilishi kerak. Olma, sabzi va boshqa sabzavotlar, ko‘katlar qish faslida vitaminlarning asosiy manbai hisoblanadi (58-rasm). Oziq moddalarda vitaminlar yetishmaganida shifokor tavsiyasi bilan vitaminli preparatlardan fbydalanish mumkin. Lekin vitaminlarni keragidan ortiq iste’mol qilish ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring: 1. Vitaminlar va ular ko‘p uchraydigan mahsulotlami juftlab yozing: A - С vitamini, В - A vitamini, D - B, vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini: 1 - baliq yog'i, tuxum, 2 - hayvon mahsulotlari, 3 g'alla doni va dukkaklilar urug‘i, po‘sti, 4 na’matak, limon, o'simliklar yashil qismi, 5 - sabzi, ismaloq, pomidor. 2. Vitaminlar va ular ta’sir qiladigan jaiayonlami juftlab yozing: A - С vitamini, В - A vitamini, D - B( vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini; 1 - kalsiy va fosfor almashinuvi, suyaklanish, 2 - uglevod almashinuvi; 3 - o‘sish, rivojlanishi 4 - karbonsuvlar almashinuvi, 5 - nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo'lishi. 3. Vitaminlarni ular yetishmaganida kelib chiqadigan kasalliklar bilan birga juftlab yozing: A — С vitamini, В - A vitamini, D - B( vitamini, E B[2 vitamini, F D vitamini, 1 - beri-beri kasalligi, 2 - singa, 3 - kamqonlik, 4 - raxit, 5 — shabko'rlik. 4. Vitaminlar va ular sintezlanishini juftlab ko‘rsating: A - С vitamini, В - A vitamini, D - Bj vitamini, E - B12 vitamini, F - D vitamini; 1 - o'simlikdagi karotin hisobidan organizmda, 2 - terida quyosh nuri ta’sirida, 3 - o'simlLklai yashil qismida, 4 - oz miqdorda bakteriyalar yordamida ichakda, 5 - o‘simliklar donida. 0 ‘ylab javob bering: 1. Nima sababdan D vitamini yetishmasligi bolalarga salbiy ta’sir ko'rsatadi? 2. Nima sababdan vitaminlar qurilish yoki energiya manbai bolmasa ham organizm uchun juda zarur hisoblanadi? 3. Nima uchun avitaminoz qadimda dengizchilar orasida ko‘p uchragan? Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling