О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Organizmda organik birikmalarning o'zgarishi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Organizmda organik birikmalarning o'zgarishi. Organizmdaboradigan mod­
dalar almashinuvi jarayonlari o‘zaro chambarchas bog'langan, Oqsillar va yog'lar
98


uglevodlarga, uglevodlar yog‘larga aylanishi mumkin. 0 ‘z navbatida, yog‘lar ham 
uglevodlar manbai bo'lishi, uglevodlar tanqisligi esa yog‘lar va oqsillar hisobidan 
to‘ldirilishi mumkin. Shu tariqa organizmda biror modda yetishmaganida bu 
modda boshqa moddalar hisobidan hosil boHishi mumkin. Ammo organizmda oqsil 
yetishmasligini boshqa moddalar hisobidan to‘ldirib bo‘lmaydi. Chunki oqsillar 
faqat aminokisiotalardan hosil bo‘ladi. Organizmda esa hamma aminokislotalar 
sintez bo‘lavermaydi. O'simlik oqsillarida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan 
aminokislotalar bo‘lmaydi. Yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun uning 
ovqatida aminokislotalarga boy bo‘lgan hayvon mahsulotlari - go‘sht, baliq, sut 
bo‘lishi lozim.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Oqsillar almashinuvini tartib bilan ko‘rsating: A - oqsillar hujayra organoidlari 
qurilishiga sarflanadu В - aminokislotalar so‘riladi, D - ammokislotalardan oqsil­
lar sintezlanadi, E - aminokislotalar hujayralarga boradi, F - aminokislotalarga 
parch alanadi.
2. Uglevodlar almashinuvini tartib bilan ko'rsating: A - bir qismi jigar, muskullarga 
boradi, В - glukozaga parchalanadi, D - hayvon kraxmaliga aylanadi, E -
boshqa qismi parchalanib, energiya hosil qiladi, F - energiya hujayrada kimyoviy 
jarayonlarga sarflanadi.
3. Yog‘lar almashinuvini tartib bilan ko‘rsating: A - oraliq mahsulotlar ichak vorsinka- 
lariga o‘tadi, В - ortiqcha qismi teriosti kletkasi va organlar atrofida to‘planadi, 
D - vorsinkalar limfasiga o‘tadi; E - limfada organizm uchun zarur yoglar 
sintezlanadi, F - ichakda glitserin va yog" kislotalarga parchalanadi, G - barcha 
organ va to‘qimalarga tarqaladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling