О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Tiriklik mavjudligining asosiy shartlari. Tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan 
hayotiy xususiyatlarning namoyon bo'lishi uchun oziq moddalar, suv, kislorod, 
muhit va boshqa omillar mavjud bo'lishi lozim. Oziq moddalar organizm uchun 
energiya va qurilish manbai hisoblanadi. Oziq moddalar: oqsillar, karbonsuvlar
yog‘lar, nuklein kislotalar oziqlanish tufayli organizmga o‘tadi. Hujayralarda ular 
parchalanib, organizm hayoti, o‘sishi va rivojlanishi uchun sarf boladi. Hujayrada 
kechadigan bu jarayonlarning hammasi uchun suv asosiy muhit hisoblanadi.
Kislorod nafas olish organlari orqali organizmga o‘tadi. Hujayralarda modda­
lar kislorod ishtirokida parchalanganida energiya ajralib chiqadi. Bu energiya 
organizmda kechadigan barcha tiriklik jarayonlarida sarf bo‘ladi.
Organixmning ichki muhiti. Qon, limfa, hujayralar oralig‘idagi to‘qima su- 
yuqligi organizmning ichki muhitini hosil qiladi Ichki m uhit hujayralarning 
hayot faoliyatini ta’minlaydi. Suv, kislorod va oziq moddalar ichki muhit orqali 
hujayralarga o‘tadi. Hujayralar hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari 
ham ichki muhit orqali tashqariga chiqariladi.
Organizm ichki muhitining tarkibi, fizik vakimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiy 
bo'ladi. Masai an, suv odam tanasi massasining 60-70 % ini, qon plazmasining 
90% ini tashkil etadi. Organizmda suv kamayib ketganida kishi chanqoqlikni his 
qiladi. Ortiqcha suv esa ayirish sistemasi orqali chiqarib yuboriladi. Ала shu tariqa 
qonning osmotik bosimi 7,6-8,1 atmosferada saqlanib turadi. Ichki muhitning 
nisbiy doimiyligi organizmdagi barcha hujayralar, to‘qimalar va organlarning bir 
me’yorda ishlashini ta’minlaydi.
13


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Quyidagi tushunchalarni ulaming ma’nosi bilan birga juftlab yozing; A - assimi- 
latsiya, В - dissimilatsiya, D - moddalar almashimrvi, E - qo‘zg‘aluvchanlik;
1 - assimilatsiya va dissimilatsiya reaksiyalari majmui, 2 - biosintez rcaksiyalari 
majmui, 3 - organizmlarning atrof-muhit o'zgarishlaridan ta’sirlanishi, 4 - energiya 
almashinuvi reaksiyalari yig'indisi.
2. Tirik organizmlarga xos xususiyatlar va ularning mazmunini juftlab ko‘rsating: A 
ko'payish, В - rivojlanish, D - o‘sish, E - nafas olish, F - ayirish, G - oziqlanish
H - harakatlanish; 1 - organizm o‘lchamining ortishi, 2 - organizm yoki uning 
tarkibiy qismlari faoliyatL 3 - organizmning yangi belgilar hosil qilishi, 4 -
organizmga kislorod kirib va karbonat angidrid chiqarilishi, 5 - yangi nasi hosil 
qilish, 6 
almashinuv mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi, 7 
organizmga 
kirgan moddalaining parchalanib, sarf bo'lishi.
0 ‘ylab javob bering.
Bolalar tanasi massasining 70 % dan ko‘prog‘ini, keksalai'da 60 % ga yaqinini suv 
tashkil etadi. Nima uchun bolalar organizmida keksalarga nisbatan suv ko'p bo ladi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling