О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organixmning ichki muhiti.
Tiriklik mavjudligining asosiy shartlari. Tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan
hayotiy xususiyatlarning namoyon bo'lishi uchun oziq moddalar, suv, kislorod, muhit va boshqa omillar mavjud bo'lishi lozim. Oziq moddalar organizm uchun energiya va qurilish manbai hisoblanadi. Oziq moddalar: oqsillar, karbonsuvlar, yog‘lar, nuklein kislotalar oziqlanish tufayli organizmga o‘tadi. Hujayralarda ular parchalanib, organizm hayoti, o‘sishi va rivojlanishi uchun sarf boladi. Hujayrada kechadigan bu jarayonlarning hammasi uchun suv asosiy muhit hisoblanadi. Kislorod nafas olish organlari orqali organizmga o‘tadi. Hujayralarda modda lar kislorod ishtirokida parchalanganida energiya ajralib chiqadi. Bu energiya organizmda kechadigan barcha tiriklik jarayonlarida sarf bo‘ladi. Organixmning ichki muhiti. Qon, limfa, hujayralar oralig‘idagi to‘qima su- yuqligi organizmning ichki muhitini hosil qiladi Ichki m uhit hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlaydi. Suv, kislorod va oziq moddalar ichki muhit orqali hujayralarga o‘tadi. Hujayralar hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ham ichki muhit orqali tashqariga chiqariladi. Organizm ichki muhitining tarkibi, fizik vakimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiy bo'ladi. Masai an, suv odam tanasi massasining 60-70 % ini, qon plazmasining 90% ini tashkil etadi. Organizmda suv kamayib ketganida kishi chanqoqlikni his qiladi. Ortiqcha suv esa ayirish sistemasi orqali chiqarib yuboriladi. Ала shu tariqa qonning osmotik bosimi 7,6-8,1 atmosferada saqlanib turadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmdagi barcha hujayralar, to‘qimalar va organlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. 13 Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring: 1. Quyidagi tushunchalarni ulaming ma’nosi bilan birga juftlab yozing; A - assimi- latsiya, В - dissimilatsiya, D - moddalar almashimrvi, E - qo‘zg‘aluvchanlik; 1 - assimilatsiya va dissimilatsiya reaksiyalari majmui, 2 - biosintez rcaksiyalari majmui, 3 - organizmlarning atrof-muhit o'zgarishlaridan ta’sirlanishi, 4 - energiya almashinuvi reaksiyalari yig'indisi. 2. Tirik organizmlarga xos xususiyatlar va ularning mazmunini juftlab ko‘rsating: A ko'payish, В - rivojlanish, D - o‘sish, E - nafas olish, F - ayirish, G - oziqlanish, H - harakatlanish; 1 - organizm o‘lchamining ortishi, 2 - organizm yoki uning tarkibiy qismlari faoliyatL 3 - organizmning yangi belgilar hosil qilishi, 4 - organizmga kislorod kirib va karbonat angidrid chiqarilishi, 5 - yangi nasi hosil qilish, 6 almashinuv mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi, 7 organizmga kirgan moddalaining parchalanib, sarf bo'lishi. 0 ‘ylab javob bering. Bolalar tanasi massasining 70 % dan ko‘prog‘ini, keksalai'da 60 % ga yaqinini suv tashkil etadi. Nima uchun bolalar organizmida keksalarga nisbatan suv ko'p bo ladi? Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling