О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Hujayra qismlari va ularga xos xususiyatlami juftlab yozing: A - hujayra membranasi
В -yadro, D - endoplazmatik to‘r, E -Golji majmuasi, F - lizosomalar, G - sitoplazma, 
H - ribosomalar, J - mitoxondriya, I - xromosomalar; 1 - endoplazmatik to‘r mem- 
branasida joylashgan, 2 - naychalar va kanalchalardan iborat, 3 - sitoplazmada 
joylashgan xaltachalar, 4 - hujayra markazida joylashgan, 5 - hujayra bo‘linishida 
shakllanadi, 6 - sitoplazmani o‘rab turadigan ikki qavatli yupqa parda, 7 - hujayrani 
energiya bilan ta’minlaydi, 8 - moddalami to'playdi va tashiydi, 9 - quyuq modda.
2. Hujayra qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A hujayra membranasi, В 
lizosomalar, D - endoplazmatik to‘r, E - xromosomalar, F — ribosomalar, G — si­
toplazma, H - yadro; 1 - oziqni parchalab hazm qiladi, 2 - moddalami tashiydi, 
3 - oqsil sintezlash, 4 - moddalami hujayraga va hujayradan tashqariga o‘tkazish, 
5 - hujayra faoliyatini boshqarish, 6 - irsiy axborot saqlaydi, 7 - unda organoidlar 
joylashadi.
0 ‘ylab javob bering:
1. Yer yuzida mavjud barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Nima sababdan 
to'qimalar yoki organlar emas, balki hujayralar barcha tirik organizmlarning qurilish 
va funksional birligi hisoblanadi?
2. Organizmda hujayralar to'qimalami, to'qimalar organlami, organlar organizmni hosil 
qiladi. Bitta hujayra ham to'qima, organ yoki organizmni hosil qilishi mumkinmi?


3-§. Hujayra va organizmning hayotiy xossalari
Moddalar almashinuvi. Barcha tirik organizmlar uchun xos bo'lgan umumiy 
xususiyatlar moddalar almashinuvi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘payish, rivojlanish, 
o‘sish, nafas olish, oziqlanish va ayirishdan iborat. Moddalar almashinuvida tashqi 
muhitdan hujayraga moddalar kiradi. Bu moddalardan hujayraning o‘sishi va 
ko‘payishi uchun zarur bo'lgan moddalar sintezlanadi. Hujayradagi bunday biosintez 
reaksiyalar majmui assimilatsiya deyiladi. Hujayrada moddalar sintezlanishi 
bilan bir vaqtning o‘zida organik moddalar parchalanadi. Bu jarayonda suv, 
karbonat angidrid kabi oddiy birikmalar hosil bo‘ladi va energiya ajralib chiqadi. 
Suv va karbonat angidrid ayirish va nafas olish organlari orqali tashqi muhitga 
chiqariladi, energiya esa hujayrada boradigan hayotiy jarayonlarga sarf bo'ladi (4- 
rasm). Bu jarayon energiya almashinuvi, ya’ni dissimilatsiya deyiladi. Biosintez 
va parchalanish hujayralarda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarining ikki 
tomoni bo‘lib, aynan bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lib turadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling