О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Organlar sistemasi. Biron funksiyani bajaradigan organlar birgalikda organlar 
sistemasini hosil qiladi. Tayanch-harakatlanish, qon aylanish, ayirish, nafas olish, 
hazm qilish, sezgi, jinsiy organlar sistemalari mavjud. Barcha organlar sistemalari 
birgalikda organizmni hosil qiladi (6-rasm).
Odatda, organizmda muayyan vazifani bajarishga moslashgan organlar birga­
likda fim ksional organlar sistemasini, ular esa m uvaqqatfunksional sistemani hosil 
qiladi. Masalan, tez yugurishni har xil organlarni o‘z ichiga oladigan nerv, nafas 
olish, harakatlanish, qon aylanish, ter ajratish sistemalarini o‘z ichiga oladigan 
muvaqqat funksional sistema ta’minlaydi.
15


6-rasm. Ichki organlar: 1 -  kekirdaL 2 - halqum, 
3 -  qon tomirlaii, 4 -  yurak, 5 - o'pka,
- diafragma, 7 - jigar, 8 -  oshqozon, 9 -  taloq,
10 -  oshqozonosti bezi, 11 -  buyrak, 12 -  ingichka 
ichak, 13 -  siydik yo‘li, 14 -  yo‘g‘on ichak,
15 -  qovuq.
O rganizm . Odam organizmi bosh, bo‘yin, 
tana, qo‘l va oyoq qismlaridan iborat. Odam 
tanasida miya qutisi, umurtqa pog‘onasi nayi, 
ko‘krak, qorin va chanoq bo‘shliqlari mavjud. 
Umurtqa pog‘onasi nayida orqa miya, miya 
qutisida bosh miya, ko'krak qafasida yurak
halqum, kekirdak, o‘pkalar, qorin bo‘shlig‘ida 
oshqozon, jigar, o‘t pufagi, ingichka ichak va yo‘g‘on ichakning asosiy qismi, 
chanoq bo‘shlig‘ida yo‘g‘on ichakning keyingi qismi, ayirish organlari va ichki 
jinsiy organlar joylashgan. Muskulli diafragma ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan 
ajratib turadi. Diafragma muskullarining qisqarishi va bo‘shashishi ko^krak va 
qorin bo‘shliqlari hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Tiriklikning tuzilish darajalarini eng kichigidan boshlab tartib bilan yozing: A -
organ, В - funksional sistcma, D - to‘qima, E - hujayra, F - organlar sistemasi, 
G - organizm.
2. Organizmda mavjud bo‘shliqlar va ularda joylashgan organlarni juftlab yozing: A -
miya qutisi, В 
umurtqa pog‘onasi nayi, D ko‘krak qafasi, E qorin, F chanoq, 
G - og‘iz, H - burun, J - ko‘z kosasi; 1 - til, tish, 2 - bosh miya, 3 - kekirdak, 
o‘pka, yurak, halqum, 4 oshqozon, jigar, o‘t pufagi, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak,
5 - ko‘z, 6 - hid bilish, 7 - yo‘g‘on ichak, ayirish va jinsiy organlar, 8 - orqa miya.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling