О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-§. Eritrotsitlar
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Qon tarkibi va ularga mos kelgan tushunchalami juftlab ko‘rsating: A - qon, В - oraliq moddasi, D - shaklli elementlari, E - qon hujayralari, F - qizil ilik, 1 - qon plazmasidan iborat, 2 - suyak laming g‘ovak moddasida bo'ladi, 3 - qizil ilik hujayralari hosil qiladi, 4 - suyuq biriktiruvchi to'qimadan iborat, 5 - qon hujayralaridan iborat. 2. Qon plazmasi tarkibidagi moddalar va ulaming xususiyatlarini jufdab yozing: A - suv, В - shaklli elementlar, D - mineral va organik moddalar, E - oqsillar; 1-10 % ni tashkil etadi, 2-7 % ni tashkil etadi, 3 - eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, 4-90 % ni tashkil etadi. 3. Qon ivishi jarayonlarini tartib bilan ko'rsating: A - tromboplastin qon plazmasidagi protrombinni trombinga aylantiradi, В - qcm oqishi to‘xtaydi, D - qon tomirlari jarohatlanganda trombotsitlar yoriladi, E - fibrin tolalari jarohatlangan joyini qoplab oladi, F - tromboplastin qon plazmasiga chiqadi, G - trombin qondagi fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi. 0 ‘ylab javob bering: Qonning ivishi plazmadagi fibrinogendan fibrin hosil bo'lishiga bogiiq. Nima sababdan fibrinogen qon tarkibida doimo bo'lishiga qaramasdan, qon ivib qolmaydi? 16-§. Eritrotsitlar Eritrotsitlar transport funksiyasini bajaradi. Ular organizmdagi barcha hujay- ralarga kislorod yetkazib beradi, moddalar almashinuvi natijasida hosil bolgan karbonat angidnd gazini o‘pkaga olib keladi. Eritrotsitlarning tuzilishi. Eritrotsitlar - o‘rtasi ikki tomondan yupqalashgan disk shaklidagi qizil rangli yadrosiz hujayralar. Bunday shakl hujayra yuzasim kengaytirib, gaz almashinuvini yaxshilaydi. Ulaming o‘lchami juda kichik bo‘lib, millimetrning mingdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. 1 mm3 qonda 4 6 mln, oYtacha 5 mln dona eritrotsit bo‘ladi. Eritrotsitlar to‘rt oyga yaqin yashaydi (120 kun). Organizmda eritrotsitlar o‘t, jigar va terida saqlanadi. Bu organlarda eritro tsitlarning 70 % dan ko‘proq qismi saqlanishi mumkin. To‘qima va organlarda qonga ehtiyoj tug‘ilganida bu organlar zarur miqdorda qon beradi. Faoliyati tugab bo‘lgan eritrotsitlar jigarda va taloqda yemiriladi. Qonning qizil rangi eritrotsitlar tarkibidagi gemoghbinga bogiiq. Gemoglobin kislorodni to'qimalarga tashiydi. Gemoglobin ikki qismdan iborat. Uning oqsil qismi globin, temir saqlovchi oqsilli qismi gem deyiladi. 0 ‘pka kapillarlarida gemoglobin kislorod bilan birikib - oksigemoglobinrti hosil qiladi. Kislorod bilan to'yingan q0n och qizil tusda bo'lib, arteriya qora deyiladi. To'qimalarda oksigemoglobin yana gemoglobin va erkin kislorodga parchalanadi. Erkin kislorod 4 - Biologiya (Odam va uning salomatligi), 8-snif 49 hujayralarga o'tadi. Kislorodini hujayralarga berib, karbonat angidrid gazi bilan to'yingan qon to‘q qizil bolib, vena qoni deyiladi. Yangi eritrotsitlar qizil ilikda hosil boladi. Eritrotsitlar taloqda ham saqlanadi. To‘qimalarda qon kamayib ketganida taloqdan qonga kerakli miqdorda eritrotsitlar chiqariladi. Eritrotsitlar yoki ulardagi gemoglobin miqdori kamayib ketishi Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling