О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


- ichki devorida tog'aylar o'rtasjda ovoz paylari joylashgan, 2


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

1 - ichki devorida tog'aylar o'rtasjda ovoz paylari joylashgan, 2 - ikki qavat plevra 
bilan qoplangan, 3 
suyak va tog‘ay to'siq bilan ikkiga ajralgan, 4 
unga burun 
bo‘shlig‘i, halqum va tomoq yo'li ochiladi, 5 - juda ko‘p naychalarga shoxlanadi,
6 oldingi devori yarim halqa tog‘aydan, orqa devori yumshoq to‘qimadan iborat.
3. Nafas olish organlari va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: A - o‘pkalar 
umumiy yuzasi, В 
har bir o‘pkadagi alveolalar soni, D 
bronxlar, E 
bronx 
naychalari, F - alveolalar; 1 - 300-350 mln., 2 - uchi alveola bilan tugaydi, 3 -
100 m2, 4 - yupqa devorli mayda xaltachalar, 5 - o‘pkada naychalarni hosil qiladi.


0 ‘ylab javob bering:
1. Har bir odam faqat uning o'ziga xos ovoz bilan gapiradi. Shu sababdan odamni uning
ovozidan oson tanib olish mumkin, Nima sababdan odaxnni ma’nosiz tovushidan
emas, faqat ma’noli nutqidan tanib olish mumkin?
2. Kekirdak va yirik bronxlar devori halqasimon tog‘aylai bilan qoplanganligi nafas
olishda qanday ahamiyatga ega?
24-§. 0 ‘pkalar va to‘qimalarda gazlar almashinuvi
0 ‘pkalarning tiriklik sig‘imi. 
Tinch holatda odam bir marta nafas olganida 
va nafas chiqarganida 500 ml havo oladi va shuncha havo chiqaradi, Havoning bu 
miqdori nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olganida o'pkaga yana 1500 ml 
havo kiradi. Bu qo'shimcha havo deyiladi. Odam tinch nafas chiqargandan so'ng 
chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarishi mumkin. Bu zaxiradagi 
havo deyiladi. ‘pkadan chiqadigan havoning eng ko‘p miqdori, ya’ni nafas, rezerv 
nafas olish va nafas chiqarish havosi birgalikda o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil 
etadi. Odatda, o'pkaning tiriklik sig'imi 3500 ml ga teng bo'ladi.
0 ‘pkaning tiriklik sig'imi spirometr yordamida o‘lchanadi. Sport bilan shu- 
g‘ullanadigan jismoniy sog‘lom odam o‘pkasining tiriklik sig‘imi 7000-7500 ml 
ga yetadi. Ayollar o'pkasining tiriklik sig'imi erkaklarnikiga nisbatan kam bo'ladi. 
Odam chuqur nafas chiqarganidan so‘ng ham uning o‘pkasida yana 1200 ml. ga 
yaqin havo qoladi. Bu qoldiq havo deyiladi. Uni o‘pkadan chiqarib bolmaydi. 
Shuning uchun o'pka suvdan yengil bo'lib, cho'kmaydi.
Odam tinch holatda 1 minut davomida 8-9 litr havo olib, shuncha havo 
chiqaradi. Bu miqdor o'pkaning minutlik nafas hajmi, ya’ni o'pka ventilatsiyasi 
hisoblanadi.
O'pkaning tiriklik sig'imi organizmning jismoniy rivojlanishi va mashq qilishi 
bilan bog'liq bo'lib, odam tug'ilganidan so'ng voyaga yetgunicha 45 martagacha 
ortadi.
0 ‘pkalarda gazlar almashinuvi. 
Nafas olinganda o'pkaga o'tadigan havo 
tarkibida 20,94 % kislorod, 79,3 % azot, 0,03 % karbonat angidrid, juda oz suv 
bug'lari va inert gazlar bo'ladi. Nafas chiqarilayotganida o'pkadan chiqqan havoda 
kislorod kamayib 16,3 % ni. karbonat angidrid miqdori ortib 4 % ni, azot 79,7 % 
ni tashkil etadi, suv bug'lari miqdori ham ortadi. Lekin boshqa gazlar miqdori

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling