О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-§. Nerv sistemasining funksiyasi
0 ‘ylab javob bering:
Nafas olish organlari ishi nafas olish markazi orqali boshqariladi. Lekin odam ixti- yoriy tarzda nafas olishni tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki chuqurlashtirishi mum kin. Nafas olish organlarining bu xususiyati organizm uchun qanday ahamiyatga ega? 40-§. Nerv sistemasining funksiyasi Nerv sistem asining reflektorlik funksiyasi. Organizmga neyronlar o‘zaro tutashib, zanjir hosil qiladi. Tashqi yoki ichki muhit ta’sirida neyronlarda qo‘z- g‘alish sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘alish nerv signallari holatida miyaga, miyadan esa organlarga uzatiladi. Nerv sistemasining qo‘zg‘alishni o‘tkazish xususiyati qo'z- g'aluvchanlik deyiladi. Qo‘zg‘alish sekundiga 4,4 m dan 100 m gacha tezlikda o‘tkazilishi mumkin. Qo‘zg£alish ta’sirida organizmda javob reaksiya - refleks hosil bo‘ladi. 125 Refleks — tashqi va ichki ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. Organizmning oddiy harakatlardan tortib, eng murakkab jarayonlargacha faoliyati (masalan, fikrlash, nutq, kasb-hunar o‘rganish) reflekslar tufayli amalga oshadi. Refleks yoyi. Refleks hosil bo'lishida nerv qo‘zg‘alishlari o‘tadigan yo'li refleks yoyi deyiladi. Refleks yoyi 5 qismdan, ya’ni retseptor, sezuvchi neyron, markaziy nerv sistemasining bir qismi, harakatlantiruvchi neyron va ishchi organdan iborat. Ko‘pchilik refleks yoylari tarkibiga markaziy nerv sistemasi (orqa va bosh miya)da joylashgan qo‘shimcha neyronlar ham kiradi. Refleks yoyi retseptordan boshlanadi. Har bir retseptor muayyan ta’sir: issiq, sovuq, hid, yorug'lik, bosim va tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan. Retseptorlar bu ta’sirlarni nerv impulslari, ya’ni nerv signallariga aylantiradi. Nerv impulslari elektr tabiatga ega bo‘lib, sezuvchi neyronlar orqali markaziy nerv sistemasiga yoki oraliq neyronlarga uzatiladi. Ulardan nerv signallari harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi organlarga uzatiladi. Reflekslar xilma-xil bo'ladi. Ularning bir qismi juda oddiy (masalan, qo‘l kuyganda yoki o‘tkir narsa tekkanida tortib olinishi, achchiq modda ta’sirida ko‘zdan yosh chiqishi, nafas yo‘liga biror narsa tushib qo‘lganida aksirish yoki yo'talish), boshqalari esa ancha murakkab boladi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling