О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Nerv sistemasining bo‘limlari
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
Nerv sistemasining bo‘limlari. Nerv
sistemasi joylashuviga ko‘ra markaziy va periferik bo'limlarga ajraladi. M arkaziy bo‘lim bosh va orqa miyadan, periferik bo‘lim ulardan ketuvchi nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Nerv sistemasi funk siyasiga binoan somatik (yun. soma - tana) va avtonom (yun. avtonomiya - o'zini bosh- qarish), ya’ni vegetativ bo‘limlarga ajra- tiladi (65-rasm). Somatik nervlar skelet, muskullari, sezgi organlari ishini bosh- qaradi. Somatik nerv sistemasi orqali odam o‘z organlari faoliyatini boshqarishi, ya’ni ularni harakatlantirishi yoki harakatini to'xtatishi mumkin. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar faoliyatini boshqaradi. Avtonom nerv sistemasi mustaqil bo‘lib, bizning ixtiyorimizga bo‘ysunmaydi. Uning ishi o‘z- o‘zidan boshqariladi. Masalan, odam o‘z xohishi bilan ovqat hazm bo‘lishini, siydik ajralishini yoki qon aylanishini to‘xtatolmaydi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Simpatik nervlar orqa miyaning ko‘krak va bel qismidan, parasim patik nervlar bosh miyamng quyi qismidan va orqa miyaning dumg‘aza qismidan chiqadi. Simpatik va parasimpatik nervlar barcha ichki organlarga boradi. Ular organlarga qarama- qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, simpatik nervlar yurak urishini kuchaytiradi, qon bosimini oshiradi, ichak muskullari qisqarishini pasaytiradi, nafas olishni yengillashtiradi, ter ajralishini kuchaytiradi. Parasimpatik nervlar bu jarayonlarga aks ta’sir ko'rsatadi. 124 Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring: 1. Tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra nerv sistemasi bo‘limlari va ularning xususiyatlarini juftlab yozing: A - markaziy, В - somatik, D - periferik, E - vegetativ, F - simpatik, G - parasimpatik; 1 - ishi o‘z-o‘zidan boshqariladi, simpatik va parasimpatik qismlardan iborat, 2 - bosh miya va orqa miyadan iborat, 3 - bosh miya va orqa miyadan ketuvchi nervlar va nerv tugunlaridan iborat, 4 - skelet muskullari ishini boshqaradi, 5 - orqa miyaning ko'krak, bel qismidan chiqadi, 6 - bosh miya quyi qismi va orqa miya dumg‘aza qismidan chiqadi. 2. Nerv sistemasiga tegishli tushunchalami ularning mazmuni bilan birga juftlab yozing: A - neyron, В - akson, D - dendrit, E - nerv tug uni, F - nerv, G - neyrogliya hujayra, H - retseptor; 1 - neyronning shoxlangan kalta o'simtasi, 2 - nerv to'qimasi yo‘ldosh hujayrasi, 3 - neyronning umumiy qobiq bilan o'ralgan uzun o'simtalari, 4 - nerv to‘qimasining asosiy hujayrasi, 5 - markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan neyronlar tanasi to'plami, 6 - neyronlarning shoxlanmagan o‘simtasi, 7 - sezuvchi nerv uchi. 3. Nervlarni ularning funksiyasi bilan birga juftlab yozing: A - sezuvchi, В - harakatlantiruvchi, D - aralash, E - oraliq neyron; 1 - impulslarm ikki yo‘nalishda o'tkazadi, 2 - impulslarni sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga uzatadi, 3 - impulslarini sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o'tkazadi, 4 - impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga uzatadi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling