О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
X BOB. NERV SISTEMASI
39-§. Nerv sistemasining tuzilishi. Nerv sistemasining aham iyati. Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va barcha hujayralar, to‘qimalar va organlar ishini o‘zaro muvofiqlashib ishlashini ta’minlaydi. Nerv sistemasining bu xususiyati tufayli organizm bir butun, yaxlit sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Nerv sistemasi tashqi va ichki muhit ta’sirlarini qabul qiladi va ularga javob beradi. Odamni kasb-hunar oVganishi, ilm olishi, fikrlashi, eslab qolishi, quvonchi, qayg‘usi va boshqa ruhiy hissiyotlari, tuyg‘ulari ham nerv sistemasi bilan bog'liq. Nerv to‘qimasi. Nerv to'qimasi nerv hujayralari - neyronlar (63 -rasm) va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya hujayralardan iborat. Neyronlar - nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi hisoblanadi. Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini nerv impulslariga aylantirish, uzatish va tahlil qilish xususiyatiga ega. Neyrogliya hujayralar neyronlarga nisbatan 10 baravar ko‘p bo‘lib, oziqlanish, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi, neyronlarning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Neyronning tanasi, bitta uzun o‘simtasi - aksom (yun. aksos - o'simta) va shoxlangan kalta o‘simtalari — dendritlari boladi (yun. dendron - daraxt). Dendritlar orqali nerv impulslari nerv hujayrasi tanasiga uzatiladi. Har bir nerv hujayrasida bitta akson va bir nechta dendrit bo'ladi. Akson bir necha o‘nlab santimetrga yetishi mumkin. Akson orqali nerv impulslari organlarga uzatiladi. Markaziy nerv sistemasida neyronlar o'zaro tutashuv hosil qiladi. Bunda bir neyronning aksoni ikkinchi neyron tanasi yoki dendritlari bilan tutashadi. Bunday tutashuv joylari sinaps (yun. sinapto - tutashish) deyiladi. Bitta neyron tanasida 1200-1800 ta sinaps boHadi. Sinaps ikki qavat membranadan va ular orasidagi tirqishdan iborat. Nerv impulslari ta’sirida sinaps teshi- giga ozroq suyuqlik - mediator ajralib chiqadi. Mediator ta’sirida ikkinchi hujayra tanasida qo‘zg‘alish paydo 63-rasm. Neyronning tuzilishi: 1 - neyron tanasi, 2 - dendritlar, 3 - miyelin qobiq, 4 - akson, J - akson uchi. bo‘ladi. Shu tariqa nerv qo‘zg‘alishi bir neyrondan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Akson oqish yog‘simon moddadan iborat miyelm qobiq bilan qoplangan. MiyeLinli ana shunday o‘siratalar to1 pi ami bosh miya va orqa miyaning oqish moddasini hosil qiladi. Neyronlarning kalta o‘simtalarida oqish qobiq bo‘lmasdan, ularning to4 pi ami kulrang tusga ega bo‘ladi. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra sezuvchi, harakatlantiruvchi va oraliq neyronlarga ajratiladi. Sezuvchi neyronlar nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. Ularning tanasi nerv gangliylarida (yun. ganglion - tugun) joylashadi. Nerv tugunlari markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan nerv tanalari to‘plamidan iborat. Harakatlantiruvchi neyronlar nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. Oraliq neyronlar yoki interneyronlar (yun. interior - ichki) markaziy nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. Sinaps- lar yordamida qozg'alish oraliq neyron orqali sezuvchi neyrondan harakatlanti ruvchi neyronga o4kaziladi. Oraliq neyronlar tanasi va o'simtalari markaziy nerv sistemasidan chetga chiqmaydi. Nervlar. Markaziy nerv sistemasi nervlar orqali barcha organlar bilan bog‘langan (64-rasm). Nervlar neyronlarning umumiy qobiq bilan o‘ralgan uzun o‘simtalaridan iborat. Sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash nervlar bo‘ladi, Sezuvchi nervlar sezuvchi neyronlarning dendritlaridan tashkil topgan. Ular orqali nerv impulslari sezgi organlaridan markaziy nerv sistemasiga uzatiladi. Harakatlantiruvchi nerv lar harakatlantiruvchi neyronlar aksonlaridan iborat. Ular orqali nerv impulslari markaziy nerv sistema sidan muskullarga va ichki organlarga o‘tkaziladi. Aralash nervlar neyronlarning aksonlari va dendrit- 64-rasm. Nerv sistemasi tuzilishming umumiy sxemasi: 1 - bosh miya, 2 - orqa miya, 3 - periferik nervlar, 4 - nerv uchlari. 123 65-rasm. Vegetativ (avtonom) nerv sistemasi: 1 - parasimpatik nervlar, 2 - simpatik nervlar. laridan tashkil topgan. Ular orqali nerv impulslari bir-biriga qarama-qarshi ikki yo‘nalishda, ya’ni markaziy nerv sistemasiga va undan organlarga o‘tadi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling