О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0 ‘ylab javob bering:
1. Ba’zan orqa miyadan qo‘zg‘alish bosh miyaga o‘tmaydi, lekin bosh miyadan normal 
o‘tadi. Bunday holda odam qo‘liga ukol qilinganda og‘riq sezadimi?
2. Organizm bir butun sistema, uning hamma qismlari o‘zaro muvofiqlashgan holda 
ishlaydi. Nima sababdan orqa miya qattiq jarohatlanganda ham bosh miya normal 
ishlayveradi?
43-§. Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi
Tuzilishi. Bosh miya o‘ng va chap yarimshardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon 
tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki 
qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq 
moddadan tashkil topgan ichki qavat. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq 
qavatining qalinligi 2,5 3,0 mm bo‘ladi. Po‘stloq tekis bo‘lmasdan, pushta va 
egatlardan iborat. Miya po‘stlogcining bunday tuzilishi nihoyatda ko‘p miqdorda 
nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po‘stlog‘ida 14-16 
mlrd hujayralar joylashgan.
Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir 
xil, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo‘l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. 
Agar miya po‘stlog‘ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 
1468-1670 cm2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarimsharlari peshana, chakka, tepa, 
ensa qismlariga bo‘linadi. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i mikroskopda 
tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi aniqlangan.
133


69-rasm. Bosh miya kattayarimsharlari po‘stlog‘i bo‘limlari: 1 - peshana bo‘limi,
2 -  tepa bo'limi, 3 -  ensa bo‘limi, 4 -  chakka bo‘limi, J maikazoldi egati,
- markaziy egat7 - markazorti egati, 8 - yon egat, 9 -  miyacha, 10 -  miya dastasi.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining turli qismlarida joylashgan nerv 
hujayralarining po‘stloq sathi funksiyasiga ko‘ra uchta zonaga bo‘linadi: sezish, 
harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to‘plami odam tanasining barcha 
sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko‘rish, eshitish, 
hid va ta’m bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi. Bosh
70-rasm. Bosh miya yarimsharlari 
po‘stlog‘ida oliy nerv markazlarining 
joylashuvi: 1 -  hid bilish, 2 -  sezish,
3 -  harakatlanish, tuyg'u, 4 -  eshitish,
5 - nutq, 6 -  liisoblash, 7 - o‘qish,
8 -  ko'rish, 9 -  harakatlanish, tuyg'u,
10 -  ohang, musiqa, 11 -  chamalash, 
12 -  geometrik obrazlami sezish.
13 4 j


miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari 
to‘plami muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul 
qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi 
vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to‘qima va organlari 
bilan nerv yo‘llari orqali bog‘lanmagan, ular miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi 
nerv hujayralarini bir-biri bilan bog‘laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish 
organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi.
Bosh miya katta yarimsharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining 
fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o‘zlashtirishi, eslab qolishi, 
boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati. bilim olishi, hunar o‘rganishi, 
murakkab harakatlarni bajarishi miya po‘stlog‘ining faoliyatidir.
Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv 
markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida ko'rish, chakka qis- 
mida eshitish, peshana qismining ostki ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi 
oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining 
sezgi markazlari joylashgan.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Katta yarimsharlar qismlari va ularga xos belgilami juftlab yozing: A - katta 
yarimsharlar, В - kulrang moddasi, D - oq moddasi, E - po'stloqosti yadrolari, F -
qadoq tanasi, H - po‘stlog‘i yuzasi, G - egatchalar; 1 - oq modda ichida joy lashdan 
kulrang moddadan iborat, 2 - bir necha qavat po‘stloqni hosil qiladi, 3 - nerv 
tolalaridan iborat, yarimsharlarni tutashtirib turadi, 4 po‘stk>gcini zonalarga ajratib 
turadi, 5 - o‘zaro tutashgan chap va o‘ng yarimsharlarga bo‘linadi, 6 - kulrang 
modda ostida joylashgan, 7 - ilonizi egatchalardan iborat.
2. Katta yarimsharlar zonalari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - sezish, В -
harakatlanish, D - assotsiativ; 1 - nerv markazlarini bir-biri bilan bog‘lab turadi,
2 - sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta’simi tahlil qilish, 3 - organlardan 
kelgan nerv impulslarini qabul qilish.
3. Nerv markazlari va ular joylashgan miya po‘stlog‘i zonalarini juftlab yozing: A -
ko'rish, В - eshitish, D - hid va ta’m bilish, E - teri-muskul sezish, F - diqqat va 
ixtiyoriy harakatlar, 1 
chakka bo‘limi oldingi qismi, 2 
chakka, 3 
markaziy 
egatcha orqasi, 4 - markaziy egati oldingi va peshana qismi, 5 - ensa.
135


0 ‘ylab javob bering:
Odam bolasini hayvonlar boqib olganligi to‘g‘risida bir qancha ma’lumotlar bor.
Nima uchun kishilar orasiga qaytib kelgan odam gapuish va tik yurishni o'rgana
olmaydi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling