О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

O'rta miya miya oyoqchalari, to‘rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv 
yo‘lidan iborat. 0 ‘rta miya skelet muskullari tonusi (tarangligi) qo‘l barmoqlarining 
nozik harakatlari, ko‘rish, eshitish va chamalash reflekslarini boshqaradi. Chama- 
lash reflekslari tufayli odam boshi va tanasini tovush kelayotgan yoki yorug‘lik 
tushayotgan tomonga buradi. Uzunchoq miya, ko‘prikcha va o‘rta miya miya 
sopini hosil qiladi. Miya sopidan 12 juft kalla-miya nervlari chiqadi. Ular miyani 
boshdagi sezgi organlari, bezlar va muskullar bilan bog‘laydi. Ulardan bir jufti -


1
68-rasm. Miyachasi zararlangan odamning xatti-harakatlari 1 - miyacha, 2 -  burun 
uchiga tegishda barmoqning titrashi, 3 -  chayqalib yurish, 4 -  muvozanatning buzilishi,
5 - yozuvning buzilishi.
adashgan nervlar miyani yurak, o‘pka, oshqozon va boshqa ichki organlar bilan 
bog‘laydi.
Oraliq miya o‘rta miya ustida joylashgan. Uning kulrang moddasi ichki 
organlar ishini muvofiqlashtirib turadi. Moddalar almashinuvi, to'yish, och qolish, 
chanqash, tana harorati doimiyligi boshqarilishi oraliq miya bilan bog'liq. Oraliq 
miya orqali yarimsharlar po'stlog'iga eshitish, ko'rish, ta’m bilish, teri va boshqa 
retseptorlardan nerv impulslari kelib turadi.
Miyacha uzunchoq miya ustida joylashgan ikkita yarimsharlardan iborat. 
Nervlar orqali boshqa miya bolimlari va orqa miya bilan bog‘langan. Miyacha 
harakat va skelet muskullari tonusini boshqaradi. Muskullar tonusi pasayib, tana 
muvozanati buziladi, harakat aniqligi yo‘qoladi. Miyachasi shikastlangan odam 
yurganda gandiraklaydi, beo‘xshov chayqalib harakatlanadi, barmoqlarining titra- 
shi tufayli yozuvi aniq bo‘lmaydi va ignaga ip o‘tkazolmaydi (68-rasm).
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Bosh miya bolimlari va ularga xos tuzilishi belgilarini juftlab yozing: A 
uzun­
choq miya, В - miyacha, D - miya ko‘pngi, E - o‘rta miya, F - oraliq miya, G -
miya dastasi, H 
miya katta yarimsharlari; 1 
chap va o‘ng qismlardan iborat,


2 - uzunchoq miya bilan o‘rta miya oralig'ida joylashgan, 3 - orqa miya va miya 
ko‘prigi bilan tutashgan, 4 - bosh miya katta yarimshailari ensa bo‘limi ostida 
joylashgan, 5 - o‘rta miya ustida joylashgan, 6 - miya ko‘prigi ustida joylashgan,
7 - uzunchoq miya, ko‘prik va o‘rta miyadan iborat.
2. Bosh miya bo'limlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - uzunchoq miya, В -
o‘rta miya, - oraliq miya, - miyacha, F - miya dastasi, G - ko'prik, 1 - nafas 
olish, qon aylanish, hazm qilish markazlari joylashgan, 2 - o'tkazuvchi sistemalar 
orasida informatsiya almashinish, 3 - eshitish, ko‘rish harakatlari, skelet muskullari 
tonusini boshqarish, 4 - orqa miya segmentlari, nafas olish, qon tomirlari, ko‘z va 
bosh harakatlarini muvofiqlashtirish, 5 - harakat aniqligi, tana koordinatsiyasini 
boshqarish, 6 - organizm vegetativ funksiyasi, nerv, endokrin sistemani boshqarish.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling