О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Tuzilishi. Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan bo‘lib, u ikki qismdan: 
bosh miyaning stvoli (ustun) va bosh miya katta yarimsharlaridan iborat, Bosh 
miyaning stvol qismi uzunchoq miya, miya ko'prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq 
miyadan iborat (67-rasm). Bosh miyaning uzunchoq miya, o‘rta miya, oraliq 
miya bo‘limlanda kulrang modda ayrim donachalar shaklida oq modda ichida 
joylashgan. Miyacha, miya ko‘prigi va miya katta yarimsharlarida esa kulrang 
modda oq moddani o‘rab turadigan po‘stloq hosil qiladi.
Bosh miya ham oq va kulrang moddadan iborat. Oq modda bosh miyani 
orqa miya bilan va miya bo‘limlarini o‘zaro tutashtiruvchi nerv yo‘llarini hosil 
qiladi. Nerv yo‘llari tufayli nerv sistemasining hamma qismi bir butun sistema 
sifatida muvofiqlashgan holda ishlaydi. Bosh miya kulrang moddasi oq moddasi 
ichida to‘p-to‘p bo‘lib, alohida donachalar (yadrolar) shaklida joylashgan. Bun-
130


67-rasm. Bosh miya bo'limlari: 1 -  katta yarimsharlar, 2 -  oraliq miya, 3 -  o‘rta miya,
4 -  ko'prik, 5 - uzunchoq miya6 -  miyacha, 7 - qadoq tana.
dan tashqari, kulrang modda bosh miya katta yarimsharlari va miyachani sirtdan 
qoplab turadigan po‘stlog‘ini hosil qiladi.
Bosh miyaning kulrang moddasi reflektorlik funksiyasini bajaradi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya va ko'prikcha orqa miyaning davomi bolib
reflektorlik va o‘tkazuvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Ularning kulrang 
moddasida nafas olish, yurak ishini boshqarish, hazm qilish, himoya (ko'zni ochib- 
yumish, aksa urish, yo‘talish) markazlari joylashgan.
Yaroliyev ko‘prigi uzunchoq miya bilan o‘rta miya oralig‘ida joylashgan. Unda 
ko‘z soqqasi va yuz muskullar ini harakatlantiruvchi markazlar bo‘ladi. Ko'prik 
orqali uzunchoq miyadan bosh miyaning boshqa bo‘limlariga nerv impulslari 
o'tkaziladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling