О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Nerv sistemasi kasalliklari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

44-§. Nerv sistemasi kasalliklari 
va ularning oldini olish
Orqa miya va uning nervlarining zararlanishi. Gripp va boshqa ayrim 
yuqumli virus kasalliklari asorati ta’sirida nervlar hamda nerv tugunlari zarar­
lanishi mumkin. Sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi nevralgiya deyiladi. Bun- 
da kasallangan nerv sohasida kuchli og‘riq seziladi. Masalan, uchlik nerv shamol- 
laganida yuz, ko‘z va tishlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Harakatlantiruvchi nervlarning 
shamollashi nevritga olib keladi. Nevrit kasalligida yuz muskullari harakatsiz, shol 
bo'lib qolishi oqibatida yuzning bir tomoni va og'izning chakkasi tortilib qoladi.
Ba’zan umurtqa pog'onasi bel va dumg‘aza qismidan chiqadigan nervlarning 
siqilib qolishi sababli radikulit deb ataladigan kasallik shamollash yoki og‘ir yuk 
ko‘tansh oqibatida kelib chiqadi.
Orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini viruslar zararlashidan poliomiyetit 
(bolalar falaji) kelib chiqadi. Bu kasallikda muskullar qisqarish xususiyatini qis- 
man yoki tamoman yo‘qotishi mum km. Buning natijasida kasallangan nerv bosh- 
qaradigan organ kamharakat yoki harakatlanmaydigan (shol) bo‘lib, osilib qoladi.
Bosh miya kasalliklari. Gipertoniya (qon bosimining ko‘tarilishi) va ateroskle- 
roz (qon tomiri nayining torayib qolishi) kasalliklarida miyada qon aylanishi- 
ning buzilishi yoki kapillar qon tomirlari yorilib, miyaga qon quyilishi mumkin. 
Oqibatda miyaga keladigan kislorod va oziq moddalar kamayib, miyaning ishi 
buziladi. Qo‘l va oyoqni harakatlantiradigan markazlar shikastlanganida organlar 
harakatlanmasdan, tarashadek qotib qoladi.
Ba’zan miya chayqalishi, qattiq qo'rqish, qon ketishi yoki kuchli og'riq ta’sirida 
odam hushidan ketishi mumkin. Bunday holatda dastlab odamning boshi aylanadi, 
ko‘z oldi qorong‘ilashadi, rangi oqarib, sovuq ter bosadi, yurak urishi va nafas 
olishi sekinlashadi. Hushidan ketgan odamning boshini past qilib, orqasi bilan 
yotqiziladi. Uning ko‘ngli aynisa, yonboshiga yoki qorni bilan yotqiziladi, yoqasi


yechilib, yuziga suv purkaladi va novshadil spirti yoki sirka hidlatiladi. Chaqaloq 
tug'ilayotganida tug‘ilish yo'lida kalla suyagining siqilishi sababli ham bosh miya 
shikastlanishi mumkin.
Chaqaloqning ona qornida rivojlanishi davrida onaning yuqumli kasalliklar 
bilan og‘rishi ham nerv sistemasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, 
kalla suyagi va bosh miya yarimsharlarmmg rivojlanmasdan qolishi (mikrosefa- 
liya) shunday kasallik hisoblanadi. Nerv sistemasi ishimng buzilishida kimyoviy 
moddalar, hayvonlar zahari, zamburug‘lar, spirtli ichimliklar va narkotik moddalar 
bilan zaharlanish ham sabab bo‘lishi mumkin.
Alkogol va narkotik moddalar nerv hujayralariga oson kirib olish xususiyatiga 
ega. Bu moddalar uzoq vaqt iste’mol qilinganida tez nobud boladi. Buning 
natijasida nerv sistemasi bo‘ylab nerv impulslarining uzatilishi izdan chiqadi
miyaga keladigan informatsiyaning saralanishi va qayta ishlanishi buziladi. 
Sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishning buzilishi 
odamning tashqi muhit ta’siriga reaksiyasini sekinlashtiradi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling