О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


X I B O B . O L IY N E R V FA O LIY A TI


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

X I B O B . O L IY N E R V FA O LIY A TI
45-§. Oliy nerv faoliyati, shartli va shartsiz reflekslar
Oliy nerv faoliyati. Odam va yuksak hayvonlarning barcha xatti-harakatlari 
muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, markaziy nerv sistemasining faoliyati uning 
reflektorlik xususiyati bilan bog‘liq. Nerv sistemasining reflektorlik xususiyatini
I.M. Sechenov tushuntirib bergan. U odamning xatti-harakati va ruhiy holati 
nerv sistemasining reflektorlik xususiyati bilan bog‘liqligini isbotlab berdi. Uning 
1863-yilda chiqqan «Bosh miya reflekslari» asarida ta’kidlanishicha, bosh miya 
reflekslari o'zaro chambarchas bog‘langan uchta qismdan iborat. Uning birinchi 
qismi tashqi muhit ta’sirida sezgi organlarida qo‘zg‘alish hosil bo‘lishi, ikkinchi 
qismi miyada hosil bo'ladigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asosida 
yuzaga keladigan psixik holatlar (sezgi, taassurot, tasavvur) va uchinchi qismi 
odamning xatti-harakatidan iborat.
I.P. Pavlov I.M. Sechenovning ishlarini davom ettirib, shartsiz va shartli ref- 
lekslami kashf etdi va oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi zamonaviy ta’limotni yarat- 
di. Uning ko'rsatishicha, oliy nerv faoliyati ichki muhit doimiyligini saqlashga 
qaratilgan tuban nerv faoliyatidan farq qiladi.
Oliy nerv faoliyatini ta’minlaydigan nerv bog‘lanishlar bola tug‘ilganidan so‘ng 
shakllanadi. Bu faoliyat bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining funksiyasidan 
iborat bo'lib, odam hayoti davomida shartsiz reflekslar asosida paydo bo‘ladi.
Shartsiz reflekslar. Nasldan naslga o‘tadigan tug‘ma reflekslar shartsiz ref­
lekslar deyiladi. Bunday reflekslar odam yoki hayvonlar hayoti davomida deyarli 
o‘zgarmasdan qoladi, ya’ni muayyan ta’sirga organizm doimo bir xilda javob 
beradi. Masai an, nafas olish doimo nafas chiqarish bilan almashinib turadi, kuch­
li yorug‘likda ko‘z qorachig‘i torayadi, qorong‘ida kengayadi, ovqat og‘izga tush- 
ganda so‘lak ajraladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling