О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 46-§. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi va tormozlanishi Shartli reflekslarning hosil bolishi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Oliy nerv faoliyatiga tegishli tushunchalar va ularga xos belgilarni juftlab yozing: A - oliy nerv faoliyati, В - shardi reflekslar, D - shartsiz reflekslar, E - shartsiz reflekslarning reflektor yoyi; F - shartsiz reflekslarning hosil bolishi; 1 - katta yarimsharlar po‘stlog‘i ishtiroki shart emas, 2 - hamma uchun umumiy, hayot davomida o'zgarmaydi, 3 - bosh miya sopi va orqa miya orqali o‘tadi, 4 - hayot davomida shakllanadi, har bir organizmda o'ziga xos bo'ladi, 5 - organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi. 2. Sharfli reflekslar va ular uchun xos belgilarni juftlab ko‘rsating: A - ovqatlanish, В - himoyalanish, D - chamalash, E - jinsiy reflekslar, 1 - ko‘payish bilan bogliq, 2 - bola labiga so‘rg‘ich tekkanda paydo boladi, 3 - yo‘talish, aksirish, ko‘zni yumish kiradi, 4 - notanish ta’sirlovchi ta’sirida yuzaga chiqadi. 3. Ovqatlanish shartsiz refleksi refleks yoyi yo‘lini tartib bilan ko'rsating: A - solak ajratish markazi, uzunchoq miya, В - sezuvchi nervlar, D - solak bezlari, E - ta’m bilish retseptorlari, F - harakatlantiruvchi nervlar. 46-§. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi va tormozlanishi Shartli reflekslarning hosil bolishi. I. P. Pavlov shartli reflekslar hosil boli- shini itlarda tajriba orqali ko'rsatib bergan. Tajnbada it harakatlanmasligi uchun maxsus dastgohga joylashtirilgan (72-rasm). Itga ovqat berilganda unda reflektor tarzda solak ajrala boshlagan, ya’ni shartsiz refleks paydo bolgan. Shartli refleks hosil qilish uchun itga ovqat berishdan yarim minut oldin elektr chirog‘i yoqib qo‘yilgan- Bu ish bir necha marta takrorlangach, chiroq yoqilganida ovqat bolm a- sa ham itda solak ajrala boshlagan. Tajribada ovqat berilishi solak ajralishi uchun shartsiz ta ’sirlovchi, chiroqning yoqilishi solak ajralishi uchun signal, ya’ni shartli ta ’sirlovchi boladi. 72-rasm. Itda shartli reflekslar hosil qilish: 1 - qo'ng'iroq, 2 - ovqat soladigan idish., 3 - solak ajralishini ko'rsatadigan asbob. 141 Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida muayyan shartli ta’sirlovchi ta’sirida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo'lishi bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i bilan bog‘liq. Har bir organizmning o‘ziga xos bo‘lgan shartli reflekslari muhit sharoiti ta’sirida o'zgarib turadi. Ovqatlanish shartli reflekslari faqat ovqatni ko‘rganda emas, balki ovqat to‘g‘risida o‘ylaganda ham hosil bo'ladi. Masalan, limonning ta’mini tatib ko‘rgan odamning xayoliga limon kelganida so‘lak ajrala boshlaydi. Hayot davomida har qanday odamga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va ko‘nikma- lar, chunonchi, bilim olish, kasb o'rganish, o‘qish, yozish kabi faoliyatlar ham shartli reflekslarga misol boladi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling