О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Siydik ajratish organlarining tuzilishi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

37-§. Siydik ajratish organlarining tuzilishi
Siydik ajratishning ahamiyati. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda 
hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari ichak, o'pka, ter va 
yog‘ bezlari hamda buyrak orqali chiqarib yuboriladi. Ichak orqali hazm bo‘lmagan 
ovqat qoldiqlari, tuzlar, o‘t pigmentlari va xolesterin, o‘pka orqali suv va karbonat 
angidrid, ter bezlari orqali suv va karbonat angidrid, tuzlar va azotli moddalar 
almashinuvi mahsulotlari chiqariladi. Ammo moddalar almashinuvi mahsulot-


larini organizmdan chiqarishda siydik ajratish sistemasi asosiy ahamiyatga ega. 
Organizmda hosil boiadigan moddalar almashinuvi mahsulotlarining 75 % dan 
ko‘prog‘i siydik bilan chiqarib yuboriladi. Shu tariqa siydik ajratish organlari 
organizmda osmotik bosim doimiyligi, suv va tuzlar balansini saqlash, ya’ni 
gomeostazni ta’minlash funksiyasini bajaradi.
Siydik ajratish sistemasi organlariga buyrak, siydik yo‘1i, qovuq, siydik chiqa­
rish nayi kiradi (60-rasm).
Buyrakning tuzilishi. Buyrak - bir juft loviyasimon organ. Uning sirti 
silliq, och qo‘ng‘ir tusda bo'ladi. Har bir buyrakning vazni o'rtacha 150 g keladi. 
Buyraklar tananing bel sohasida, umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan.
Buyrakning ichki tomoni botiqroq bo'ladi. Botiq tomonida joylashgan chuqur- 
chasi - buyrak darvozasi orqali buyrakka arteriya va vena qon tomirlari, nervlar 
va limfa o‘tadi. Buyrak darvozasi buyrak ichi bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Bo‘sh- 
liqda yupqa devorli ko‘p sonli kosachalar va buyrak jomi joylashgan. Sirtdan 
buyrak biriktiruvchi silliq to'qimadan iborat kapsula bilan o‘ralgan. Buyrak jomi 
va kosachalarni yog‘ kletchatka o‘rab turadi.
Buyrak kesmasida uning tashqi qoramtir buyrakpo'stlog'i va oqish ichki buyrak 
m ag'zi qavatlari ko‘zga tashlanadi. Mag‘iz qavat konussimon oqish piramidalardan
iborat. Po'stloqning qoramtir moddasi ana 
shu piramidalar asosini va ulaming oralig'ini
to‘ldirib turadigan buyrak ustunchalarini 
hosil qiladi. Piramidalarning buyrak bo‘shli- 
g‘iga o'girilgan uchki qismi kosachalar ichi- 
ga botib kiradigan so‘rg‘ichlarni hosil qiladi. 
So‘rg‘ichlarning uchki qismiga so‘rg‘ich 
naychalari yo‘li ochiladi. Naychalar orqali
1 -  buyrakusti bezlari, 2 - vena, 3 -  buyrak
arteriyasi, 4 -  buyrak venasi, 5 -  buyrak, 
6 -  arteriya, 7 - siydik yo‘li, 8 -  qovuq,
organlarining organizmda joylashishi:
60-rasm. Siydik ayirish sistemasi
- siydik chiqarish yo‘li.


kosachalarga siydik oqib keladi. Kosachalar o‘zaro qo‘shilib, yagona siydik jomiga 
ochiladi (61-rasm).
Buyrak jom i buyrakning ichki mag‘iz qismida joylashgan. Buyrak jomi asta- 
sekin torayib, siydik yo‘liga o‘tadi. Buyrak kosasi va buyrak jomi devori shilimshiq 
parda bilan qoplangan. Jom devorida muskullar bo‘ladi.
Siydik yo 'li diametri 6 -8 mm va uzunligi 25-30 cm keladigan ikkita silindr 
shaklidagi naydan iborat, Naylar qorin bo‘shlig‘i orqa devori bo‘ylab joylashgan, 
chanoq sohasida qovuq bilan tutashgan.
JNcfronlar. Buyrak juda ko‘p nefronlardan iborat. Nefron buyrakning tuzilish 
va funksional birligi hisoblanadi. Har bir nefronning uzunligi 50-55 mm, barcha 
nefronlarning uzunligi 100 km ga yetadi. Ikkala buyrakda 2-2,5 mln nefron 
bo'ladi. Har bir nefron Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi, uning ichida joylashgan 
mayda qon tomirlari -M a lp ig i chigali, kapsuladan boshlanadigan birlamchi ilonizi 
naychalar, Genie halqasi va uchki ikkilamchi ilonizi naychalardan iborat (62- 
rasm). Nefronlar kapsulasi, birlamchi va ikkilamchi naychalar buyrakning po‘stloq 
qismida, Genie halqasi uning mag‘iz qismida joylashgan. Nefronlarning ikki­
lamchi ilonizi naychalari buyrakning yig'uvchi naychalariga ochiladi. Yig‘uvchi 
naychalar buyrak po‘stlog‘idan boshlanib, buyrak mag‘iz qismidagi piramidalar 
so‘rg‘ichlariga tutashadi. So‘rg‘ichlar buyrakning kichik kosachalariga ochiladi.
Buyrak kapsulasi tashqi va ichki devori oralig‘i bo'shlig'i nefron naychalariga 
tutashgan. Kapsula ichki devori qon tomirlari devoriga yopishgan. Bu devorlar 
orqali kapillarlardagi qondan kapsula devorlari 
orasidagi tirqishga birlamchi siydik filtrlanib 
o‘tadi.
Nefronlaxning tuzilishi va funksiyasi buyrak 
qon aylanish sistemasi tuzilishiga mos keladi.
Buyrak arteriyasi buyrak darvozasidan o‘tgach, 
ketma-ket ko‘p marta shoxlanib, kapillarlar
61-rasm. Buyrakning tuzilishi:
I - po‘stloq moddasi, 2 - mag'iz moddasi,
3 -  piramidalar4 -  buyrak arteriyalari,
5 - buyrak venalari, 6 -  buyrak jomi,
7 - siydik yo'li.
117



62-rasm. Nefronning tuzilishi:
1 - buyrak arteriyasi, 2 - nefron kapsulasi,
3 - artenolalar, 4 - siydik naychasi, 5 -  kapillarlar 
to‘ri, 6 -  buyrak venasi.
chigalini hosil qiladi. Chigal kapillarlari qayta 
tutashib, arteriolalarni hosil qiladi. Arteriolalar 
kapsuladan chiqib, у ana kapillarlarga ajralib, 
ikkilamchi ilonizi naychalarni o‘rab oladi. Ular 
esa ketma-ket tutashib, dastlab kichikroq, so‘ngra 
yirikroq venalami hosil qiladi. Shunday qilib, 
buyrakda qon tomirlari ikki marta kapillarlar 
chigalini hosil qiladi. Birlamchi kapillarlar chigali 
buyrak kapsulasi ichida joylashgan, ikkilamchi chigal esa nefron naychalarini o‘rab 
oladi.
Siydik pufagida siydik to‘planadi. Uning hajmi 500-700 cm3 gacha yetadi. 
U kichik chanoq bo‘shlig‘ida qov suyagining orqasida joylashgan. To'lgan siydik 
pufagi tuxumsimon bo‘lib, uning ko‘tarilgan cho‘qqisi, oldinga yo'nalgan tanasi va 
tubi farq qilinadi. Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yo‘li ochiladi va undan siydik 
chiqarish kanali boshlanadi.
Devorining ichi shilliq, o‘rtasi muskul va tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan 
tuzilgan. Shilliq qavatda juda ko‘p burmalar bo‘lib, siydik pufagi to‘lishi bilan ular 
yoyiladi. Siydik chiqarish yo‘lining teshigi atrofida halqasimon muskullar bo‘lib, 
ular sfinkter hosil qiladi. Sfmkter siydik yig'ilishida qisqarib, siydik chiqarilganda 
bo'shashadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling