О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Soch gigiyenasi. Soch va tirnoqlar terining shox qavatidan hosil bo‘ladi. 
Sochga quyosh nuri va harorat ta’sir qiladi. Oftobda bosh kiyimisiz yurish soch 
rangi va yog‘ bezlari funksiyasiga ta’sir qiladi. Quyosh nuri va shamol ta’sirida 
soch quruq va mo‘rt bo‘lib, boshda qazg'oq paydo bo‘ladi Qish faslida sovuq 
ta’sirida boshdagi qon tomirlari torayib, sochning oziqlanishi buziladi va soch 
to‘kila boshlaydi. Sochlarni har haftada yuvib turish lozim.
Kiyim gigiyenasi. Kiyim yil fasliga mos, havoni yaxshi o‘tkazishi, yengil va 
qulay bo'lishi lozim. Qishki kiyim issiqni yaxshi saqlaydigan jun gazlama, momiq, 
mo'yna yoki sintetik material lardan tikiladi. Qishki poyabzal issiqni yaxshi 
saqlaydigan, tagcharmi qalin va pishiq bo‘lishi zarur.
Teri knyganida birinchi yordam ko‘rsatish. Teri olov, qizib turgan metall 
buyumlar, kislota yoki qaynab turgan suyuqlik tekkanida kuyadi. Kuchli kuygan 
kishining hayoti unga tezda birinchi yordamni ko‘rsatilishi bilan bogliq. Qaynab 
turgan yoki qaynoq suyuqlik bilan kuyishda tezlik bilan kuygan joyga 15 minut 
davomida sovuq suv quyib turiladi. Song‘ra kuygan joy sterillangan bog‘ich yoki 
toza material bilan bog‘lab qo‘yiladi. Kuygan jqyda paydo boiadigan pufaklarni 
yorish, jarohatga o‘simlik yog‘i, margansovka, spirt surtish mumkin emas. Bu 
moddalar kuyishni va og'riqm kuchaytirib, jarohatning bitishini qiyinlashtiradi.
Yong‘inda odam ustidagi kiyim yona boshlaganda, olovdan qutulish uchun 
yugurmaslik kerak. Chunki, yugurganda havo oqimi yonishni kuchaytiradi. 
Shuning uchun kiyimni yechib tashlash yoki yonayotgan kiyim ustidan suv 
quyish, odam ustiga biron qalin mato (ko‘rpa, palto) yopish lozim. Yaxshisi, 
yonayotgan kishi o‘zini yo'qotmasdan yerga ag‘anab, olovni o‘chirishi lozim. Olov 
o‘chirilgandan so‘ng tananing kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suv
8 - Biologiya (Odam va uning salomalligi), 8-sinf 

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling