О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Sovuq havoda issiqlik hosil bo‘lishining boshqarilishi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Sovuq havoda issiqlik hosil bo‘lishining boshqarilishi. Tashqi muhit harorati 
pasayganida teridagi sovuqqa sezgir retseptorlar qo‘zg‘alib, qon tomirlari torayadi
qon kelishi kamayib, teri oqaradi va teri orqali issiqlik ajralishi kamayadi. Tashqi 
muhitda haroratning pasayishi organizmda issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi. 
Bu jarayon muskullarning beixtiyor bir me’yorda tez-tez qisqarishi, ya’ni qaltirash
114


orqali amalga oshadi. Qaltirash tana muskullarining sovuq ta’sirida ixtiyorsiz 
ritmik qisqarishidan iborat.
Organizmni chiniqtirish. Chmiqtinsh - o‘zgarib turadigan boshqa iqlim 
sharoitiga organizmning tez moslashishidan iborat. Chiniqtirish mashq va orga- 
nizmning issiqlik almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Organizmni chiniqtirish vositalariga suv, havo va quyosh muolajalari 
kiradi. Muolajalar sekin-asta va har kuni amalga oshiriladi. Chiniqtirish orga­
nizmni kasalliklarga chidamli qiladi, sog‘liqni mustahkamlaydi, mehnat qobiliyatini 
oshiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Kuyish darajalari va ularga mos kelgan jarohatlami juftlab yozing: A 
birinchi 
darajali, В - ikkinchi darajali, D - uchinchi daxajali, 1 - epidermis va terining 
chuqur qavatlaii jarohatlanadi, 2 - teri shishib, pufaklar bilan qoplanadi, 3 - tashqi 
epidermis jarohatlanadi.
2. Teri kuyishi xillari va ularga mos kelgan tadbirlarni juftlab yozing: A - qaynoq 
suyuqlik bilan kuyish, В - kimyoviy moddalar bilan kuyish, D - kislota bilan 
kuyish, E - ustki kiyim yonishi; 1 - kuygan joyni ichimlik sodasi eritmasi bilan 
yuvish, 2 - jarohatlangan joyga sovuq suv quyish, 3 - yerga yotib dumalash,
4 jarohatni 15 minut sovuq suvda yuvish.
0 ‘ylab javob bering:
1. Nima uchun tor poyabzal kiyilganda yozda oyoq qizib ketadi, qishda sovqotadi?
2. Qanday sabablar sochning to'kilishiga olib kelishi mumkin?
3. Nima sababdan sovuq havoda ko‘pincha quloq, burun yoki barmoqlarni sovuq uradi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling