Tabiiyki, nutqning boylik sifati tilning faqat muayyan bir sathiga oid rang-
baranglik bilan baholanmaydi. Nutq leksiq semantiq
morfologiq sintaktik va
intonatsion jihatlardan rang-barangliklarning jamul jami tarzida shakllanganda,
chinakam ma’noda boy bo’la oladi. Shuning uchun nutq to’zuvchi bu jihatlarning
har birini tugal tasavvur etmog’i maqsadga muvofiq.
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo’lsa,
nutqning boyligini
ta’minlash uchun eng qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. To’g’ri,
publitsistik uslub ham nutq boyligining namoyon bo’lishi uchun yaxshigina
imkoniyat beradi. So`zlashuv uslubiga
oid nutqda leksiq semantik va, ayniksa,
intonatsion rang-baranglik notiqning mahoratiga kura muntazam yo`zaga chiqishi
mumkin. Ilmiy va rasmiy nutqda esa boylikka
qaraganda mantiqiylik va
qoliplashganlik ustuvorlik qiladi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq o’z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg’un
holatda boylikka moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq hech qachon estetik
ta’sir quvvatiga sohib bo’la olmaydi, estetik kuvvatsiz esa badiiy nutq o’zining
bosh vazifasini bajarishi mushkul. Shuning uchun ham haqiqiy so`z san’atkorlari
asar tilining boyligi ustida
muttasil mehnat qilganlar, tinimsiz izlanganlar,
tilning
turli satxlaridagi rang-baranglikning betakror imkoniyatlarini kashf etganlar.
Chinakam boy, rangin nutqning nodir namunalarini yaratganlar. Badiiy
adabiyotimiz tili jamiyatimiz a’zolarining boy nutq to’zish sinoatlarini urganishlari
uchun
bitmas-tuganmas manba, o’ziga xos maktabdir. Bu benazir maktabning
a’lochi o’quvchilari bo’lish o’zini
madaniyatli, ma’rifatli, ma’naviyatli kurmoqni
istagan har bir kishining burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: