O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Uchinchi. Saylov komissiyalarini tuzish
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
Uchinchi. Saylov komissiyalarini tuzish.
Qonunchilik palatasi va Prezident saylovida uch turdagi saylov komissiyalari ishtirok etdi, bular: Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi. MSK doimiy ishlovchi organ bo‘lib, kamida 15 nafar a'zolaridan iborat tartibda Oliy Majlis tomonidan tuziladi. Uning raisi Prezident taqdimiga binoan komissiya a'zolari orasidagi komissiya majlisida saylanadi. Rais o‘rinbosari, kotibi komissiya a'zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. MSK saylovning barcha jarayonlariga rahbarlikni amalga oshiradi, majburiy harakatdagi hujjatlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasiga saylovda okrug saylov komissiyasi, MSK tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida olti nafar boshqa a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Qonunchilik palatasiga saylovda uchastka saylov komissiyalari okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganda besh-o‘n to‘qqiz nafar a'zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari, kotibdan iborat tarkibda tuziladi, agar komissiya yetti nafargacha a'zodan iborat bo‘lsa rais va kotib saylanadi. Mahalliy Kengashlarga saylovda, viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi, tuman kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi, shahar kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiyasi va okrug saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari (alohida-alohida) tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida komissiya raisi va olti-o‘n to‘rt boshqa a'zolardan iborat tarkibda tuziladi, ular o‘z vakolatlarini keyingi navbatdagi saylovlar e'lon qilinguncha davom ettiradi. Komissiya raisi o‘rinbosari va kotibi komissiya majlisida uning a'zolari orasidan saylanadi. Okrug saylov komissiyasi tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi komissiya tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda komissiya raisi, rais o‘rinbosari kotibi va olti-sakkiz nafar a'zolardan iborat tarkibda tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh-o‘n to‘qqiz a'zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya tarkibi yetti nafargacha a'zodan iborat tartibda tuzilsa rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasi a'zolarini (hamma saylovlarda ham) ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Saylov komissiyalarini vazifalari, vakolatlarini tashkil bo‘lish tartibi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-20-moddalarida; “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunining 9-18 moddasida; “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 9-18 moddalarida belgilangan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling