O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Beshinchi. Saylov oldi tashviqoti. Deputatlikka nomzodlar faoliyatini kafolatlardi


Download 1.95 Mb.
bet132/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Beshinchi. Saylov oldi tashviqoti. Deputatlikka nomzodlar faoliyatini kafolatlardi.
Saylov oldi tashviqot va targ‘ibot ishlari saylov qonunlari bilan tartibga solingan va saylov jarayonining alohida tadbirlaridan hisoblanadi.
Saylov oldi tashviqoti Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashning tegishli Kengashlari deputatligiga nomzodlar tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlanadi.
Vakillik organlari deputatligiga nomzodlar uchun ommaviy axborot vositalaridan teng foydalanish imkoniyati yuklatiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuv uchun yig‘ilishlarni siyosiy partiyalar mustaqil belgilab o‘tkazadilar. Mahalliy davlat organlari, jamoat birlashmalar yig‘ilishlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlashga ko‘maklashadi. Yig‘ilishlar ish vaqtidan boshqa vaqtlarda o‘tkaziladi.
Saylov kuni tashviqot olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashviqot-targ‘ibot ishlarida nomzodlarning vakillari muhim rol o‘ynaydi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada, saylovlarda tenglikni ta'minlash maqsadida, saylovoldi tashviqotining shakl, usullarini kuchaytirish, qonunlarda saylov oldi tashviqotining tushunchasiga aniq ta'rif berish, uning turlarini aniqlashtirish, bularni qonunlarda aks e'ttirish alohida ko‘rsatildi1.
Saylov jarayonida ayniqsa tashviqot va targ‘ibot bosqichida nomzodlar o‘z faoliyatlarini erkin olib borishlari uchun ularning mehnat huquqlari, transportdan foydalanish huquqlari alohida muhofaza qilinadi.
O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod, O‘zbekiston Bosh Prokurorining roziligisiz Jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, yoki sud tomonidan beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Nomzodni majburiy yuborish, uni shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylovoldi tashviqotida nomzodlar huquqlarini kafolatlardi. “Prezident saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 28, 281, 29-moddalarida, “Oliy Majlisga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-30-moddalarida, “Mahalliy Kengashlarga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-28-moddalarida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, mazkur qonunlarda deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum qilish, nomzodlikdan voch kechish jarayonlari ham belgilangan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling