O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 7. Saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish


Download 1.95 Mb.
bet129/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 7. Saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish

Saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish, mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan, qonunlarda aniq muddatlari ko‘rsatilgan tadbirlar tizimidan iborat. Bu saylov jarayoni ham deb ataladi.


Birinchi tadbir bu saylov jarayonini boshlanishiga asos soluvchi xarakat – ya'ni saylov kampaniyasini boshlanganligini e'lon qilish (bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov tayinlash) hisoblanadi. O‘zbekistonda barcha saylovlarda saylov kampaniyasini boshlanganligini e'lon qilish, Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga kiradi va u tegishli organlarining vakolat muddati tugaganidan kamida uch oy oldin e'lon qilinadi.
Ikkinchi. Saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi saylovda mamlakat bo‘yicha 135 ta okrug tuziladi, unda saylovchilar soni teng bo‘lishiga erishiladi.
Mahalliy Kengashlarga saylovda viloyatlar va Toshkent shahri uchun 60 tagacha okrug, tuman va shahar Kengashlari uchun saylovda 30 tagacha okrug tuziladi. Saylov okruglari saylovga kamida yetmish besh kun qolganda tuziladi. Qonunchilik palatasiga va Prezident saylovida okruglar, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi taqdimiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov o‘tkazishda okruglarni shu Kengashga saylov o‘tkazuvchi komissiya tomonidan saylovdan kamida yetmish besh kun qolganda e'lon qilinadi.
Saylov uchastkalari saylovchilarga qulay sharoit yaratish uchun saylovga kamida oltmish kun qolganda, qoida tariqasida kamida yigirma nafar, ko‘pi bilan uch ming saylovchiga tuziladi. Istisno tariqasida saylov uchastkalari olis joylarda, xorijdagi vakolatxonalarda saylovga kamida besh kun qolganda ham tuzilishi mumkin. Saylov uchastkalari okrug saylov komissiyalari tomonidan (Qonunchilik palatasi va Prezident saylovida) tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylovlarda saylov uchastkalarini tegishli Kengashga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov uchastkalari hokimliklar, harbiy qism qo‘mondonlari taqdimnomasi asosida tuziladi. Qonunchilik palatasi, Prezident saylovida xorij mamlakatlaridagi vakolatxonalarda Tashqi ishlar vazirligini taqdimnomasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalari tuziladi va ularni qaysi okruglar tartibiga kiritish masalasini Markaziy saylov komissiyasi hal qiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling