O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. Davlat byudjeti va uning tarkibiy qismlari
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 2. Davlat byudjeti va uning tarkibiy qismlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 122-moddasining ikkinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlaridan iborat ekanligi kursatilgan. 2000-yil 14-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan bizning respublikamizda birinchi marta byudjetga oid qonun ya'ni, O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risidagi”gi qonuni qabo‘l qilindi. O‘zbekiston Respublikasida byudjetga oid barcha masalalar mazkur qonunga asosan hal qilinadi. Davlat byudjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlanadi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshiriladi. Vazirlar Mahkamasi loyihani keng muxokamadan o‘tkazib ma'qullagandan so‘ng, joriy yilning 15-oktyabriga kadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga takdim qiladi. Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti loyihasini joriy yilning 15-noyabridan kechiqtirmay qabo‘l qiladi va kurib chiqish uchun Senatga yuboradi. Davlat byudjeti bo‘yicha karor Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiqtirmay qabo‘l qilinadi. O‘zbekiston Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun bir yilga mo‘ljallab qabo‘l qilinadi va 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Davlat byudjeti – bu davlat hokimiyati vakillik organi tomonidan tasdikdanadigan markazlashgan pul fondlarining tashkil topishi, taksimlanishi va foydalanishning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, davlatning barcha vazifalari va funksiyalarini ta'minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning Davlat byudjeti ikki kismdan: daromadlar va harajatlardan iborat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish chog‘ida: - turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; - turli darajadagi byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlardan, davlat maksadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi; - byudjet mablag‘lari oluvchidan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning tushumi va sarfi to‘g‘risida talab qilib oladi: - qonun xujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag‘lari harajati to‘g‘risida ma'lumotlar oladi; - byudjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi takdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi. Respublika byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari oluvchilar byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shu vazirlik tomonidan belgilangan muddatlarda takdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Tumanlarning shuningdek, respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat buysinuvidagi, shaharlarning moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga xamda yuqori moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organi tegishli byudjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling