O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 4. Prokuratura organlarini tizimi, xodimlarni lavozimga tayinlash, prokuratura ishini tashkil qilish
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 4. Prokuratura organlarini tizimi, xodimlarni lavozimga tayinlash, prokuratura ishini tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 119-moddasida prokuror O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishlarida: Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, tumanlarda, shaharlarda faoliyat ko‘rsatishi belgilanib, prokuratura tizimining konstitutsiyaviy asosi o‘rnatilgan. Prokuratura yagona va markazlashgan asosida tashkil topuvchi organ hisoblanadi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi ikkinchi xat boshida “Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi” – deb prokuratura tizimni o‘ziga xosligi belgilangan. Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday qarorlarini o‘zgartirish, bekor kilish xuquqiga egaligi, shuningdek, o‘z bo‘ysunividagi boshqa prokurorlarning ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgarligini o‘rnatilganligi prokuratura tizimini markazlashganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi prokuratura organlari tashkil qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi. Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturasi. Tumanlar va shaharlar prokuraturalari. Viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi. Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, xududiy xarbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘limlari. Barcha prokurorlarning vakolat muddati besh yil. Prokuratura tizimi shunday ko‘rinishga ega. Konstitutsiyaga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi (93-modda, 12-bandi), bu haqdagi Prezident farmoni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdikdanadi (80-modda, 6-bandi). Bosh prokuror o‘rinbosarlari ham Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi1. Qorakalpog‘iston Respublikasi prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, Toshkent shahar prokurori, tuman va shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod ztiladi. Barcha prokurorlarning vakolat muddati besh yil. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura tizimiga kiruvchi barcha prokurorlar faqat tayinlash yo‘li bilan lavozimni egallaydi. Bu prokuratura organlarining boshqa davlat organlaridan farqini ko‘rsatuvchi xususiyat hamdir. Respublika Bosh prokurorini tayinlashda va lavozimdan ozod etishda Prezident va Oliy Majlisning Senati ishtirok etadi: unda Prezidentning Bosh prokurorni tayinlash hamda lavozimdan ozod etish haqidagi farmoni Senatda tasdiqlash bilan masala rasmiylashtiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston tarkibidagi mustaqil respublika bo‘lgani uchun, respublika prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi, bu holda nomzod Respublika Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tayinlash amalga oshiriladi. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga ham ma'lum talablar qonun asosida qo‘yiladi. Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik malumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘ligi imkon beradigan O‘zbekiston Respublikasining fukarolari tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shafar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi. Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Prokuratura organlari xodimlari xaq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Ular ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh vaktda shug‘ullanishi mumkin. Prokuratura organlari ma'lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Bu prinsiplar birlik (yagonalik), markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling