O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 3. Prokuratura organlarining vazifa va vakolatlari


Download 1.95 Mb.
bet187/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 3. Prokuratura organlarining vazifa va vakolatlari

Prokuratura – barcha davlat organlari tashkilot, korxona, muassasa va fuqarolarning qonunlarga aniq va bir hilda amal qilishini nazorat qiluvchi organlar tizimi bo‘lib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta'minlaydi. Prokuratura organlari hodimlari sudda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuratura ayrim mamlakatlarda sud tarmog‘ida, ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyat (adliya) tarmog‘ida, ayrim mamlakatlarda esa mustaqil tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatadi1.


Prokuraturaga berilgan bu tasnifdan, butun jahon miqyosida tuziladigan prokuraturalarda umumiylik borligini, bu esa ularning vazifasida ham umumiylik, o‘xshashlik bo‘lishini bilsa bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, O‘zbekistonda prokuratura mustaqil tuzilma sifatida tashkil qilingan va faoliyat yuritadi va konstitutsiyaviy maqomga ega.
Konstitutsiya prokuratura organlarining maqomini konstitutsiyaviy darajada belgilar ekan, ularning vazifasini ham umumiy tarzda, aniq belgilagan. Konstitutsiyaning 118-moddasida prokuratura respublika hududida qonunlarni bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi deb belgilab qo‘yilgan. Ya'ni prokuraturaning bosh vazifasi butun mamlakat xududida davlat tomonidan qabul qilingan barcha qonunlarni bir hilda bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi va bu bilan qonuniylik, qonun ustuvorligi ta'minlandi.
Konstitutsiyada prokuraturaning umumiy vazifasi belgilangan bo‘lsa, 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda prokuraturaning asosiy vazifalari aniqlashtirib mustahkamlangan2.
Qonunning 2-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifasi” – deb nomlanadi. Unda belgilanishicha prokuraturaning asosiy vazifalari:

  • qonun ustuvorligini ta'minlash;

  • qonuniylikni mustahkamlash;

  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish;

  • huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.

Shu vazifalarni bajarish uchun u tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi va aniq vakolatlarga ega.
Prokuratura organlari faoliyatining yunalishlari:
Birinchi yo‘nalish – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fukarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarni ijro etilishi;

  • fuqarolarni xuquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlarni ijrosi;

  • Qurolli Kuchlarda, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarini harbiy tuzilmalarida konunlarga rioya etilishi ustidan nazorat kilish.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling