O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


 Ayblanuvchini himoya bilan ta'minlanish huquqi


Download 1.95 Mb.
bet184/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

9. Ayblanuvchini himoya bilan ta'minlanish huquqi. Bu prinsip Konstitutsiyaning 116-moddasida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday boskichida malakali yuridik yordam olish huquki kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Ayblanuvchining huquqini himoya qilishni kuchaytirish, uning uchun himoyachini sud jarayonida prokuror bilan teng huquq asosida qatnashishini ta'minlashga, sud-huquq islohotlari davomida alohida e'tibor berildi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so‘zlagan ma'ruzasida mamlakat Prezidenti “Sud-huquq sohasida”gi vazifalarni ko‘rsatar ekan “Sud jarayonida ayblov va himoyaning tengligi ta'minlanmog‘i va buning uchun advokatura idoralarining mavqyeini ko‘tarish darkor”1 – deb qayd qilgan edi.
Shundan keyin mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va himoyachi mavqyei kuchaytirildi, natijada fuqarolarning sudda himoya bilan ta'minlanish prinsipi kuchaydi.
Yuqorida to‘xtalib o‘tilgan prinsiplar Konstitutsiyaviy prinsiplar bo‘lib, sudlar faoliyatida qo‘llaniladigan yana boshqa prinsiplar ham mavjud va ular qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Masalan, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda, qonun va sud oldida tenglik, sudlovni faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunda kollegiallik prinsiplari mustahkamlangan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.



  1. Sud hokimiyati nima?

  2. Sud hokimiyatining hokimiyat tizimidagi o‘rni qanday?

  3. Sud-huquq islohotlarining maqsadi nima?

  4. Islohotlarda qanday vazifalar belgilangan?

  5. Sudning vazifasi nima?

  6. Sud tizimi qanday?

  7. Sud hokimiyati tarmoqlarining tizimi qanday?

  8. Konstitutsiyaviy sud qanday tashkil qilinadi?

  9. Umumiy yurisdiksiya sudlari qanday tashkil qilinadi?

  10. Xo‘jalik sudlari qanday tashkil qilinadi?

  11. Sud faoliyatida qanday prinsiplarga amal qilinadi?

  12. Sud-huquq islohoti natijasida, sudlarning fuqarolar huquqini himoya qilish vazifasi qanday kuchaydi?

  13. Prokuraturaning qanday vakolatlari sudga o‘tkazilgan?




Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling