O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 4. Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Sudni mustaqilligi
§ 4. Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari
Bu prinsiplar sudlarni tashkil etish (saylash, tayinlash) va sud faoliyat yuritishida qo‘llaniladigan, amal qiladigan asosiy g‘oyalaridir. Ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi konstitutsiyaviy ya'ni, Konstitutsiyada ko‘rsatilgan prinsiplar, ikkinchisi boshqa qonunlarda belgilangan, mustahkamlangan prinsiplardir. Konstitutsiyaviy (asosiy) prinsiplar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: Mustaqillik va faqat qonunga bo‘ysunish prinsipi. Demokratizm prinsipi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi. Sudyalarni deputat bo‘la olmasligi, siyosiy partiyalar va xarakatlarni a'zosi bo‘la olmasligi hamda boshqa xaq to‘lanadigan lavozimlarni egallay olmasligi. Sudyalarning daxlsizligi. Sud ishlarini oshkora ko‘rilishi. Sud hujjatlarini hamma uchun majburiyligi. Sud ishlari yuritishni aholi tiliga mos olib borish. Ayblanuvchini himoya bilan ta'minlanish huquqi. 1. Sudni mustaqilligi, faqat qonunga asosan ish ko‘rishi, to‘laligicha sudyalarga ham taalluqlidir. Sudni mustaqilligi deganda sudyani mustaqilligi yoki aksincha tushuniladi. Sudni mustaqilligini ta'minlovchi eng asosiy va boshlang‘ich qoida, – Konstitutsiyaning 106-moddasida belgilangan, unga asosan, “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”. Bu mustaqillikni belgilovchi asos qoida va prinsipidir. Olib berilgan sud islohotlari natijasida sudni ijro hokimiyatiga bog‘liqligiga butunlay barham berildi. Buni Prezident o‘z ma'ruzalarida qayd qilinganligini sud hokimiyati islohotiga tegishli bandda alohida aytib o‘tgan edik. Prezidentni ijro hokimiyatiga boshchilik qilish maqomi bekor bo‘lgach, sud hokimiyatini ijro hokimiyatiga bog‘liqligi butunlay barham topdi. Sud hokimiyatining ta'sirchan bo‘lishi eng avvalo sudning, sudyaning mustaqilligiga bog‘liq. Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan holi hisoblanadi. Ular hyech bir organga yoki mansabdor shaxsga bo‘ysunmaydi. Sudyalar faqat qonunga bo‘ysunadi. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudlarning ishiga biron bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar shunday holatlar bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aybdorlar javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 236-moddasida sud ishlarini hal etishiga aralashish, yani ishni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganishga to‘sqinlik qilish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta'sir o‘tkazish uchun uch yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, shunday harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilsa, olti oygacha qamoq, yoki muayyan huquqdan mahrum etib uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishini belgilab qo‘yilgan. Sudyalarni mustaqilligini ta'minlashga sud faoliyatining boshqa prinsiplari, jumladan dahlsizlik prinsipi ham ta'sir qiladi. Sudyalarning mustaqilligi, Konstitutsiyaning 108-moddasida, hamda 112-moddalarida belgilangan qoidalar orqali ta'minlanadi. 112-moddaga ko‘ra, sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar, sudyalarni odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shunday hol ro‘y bersa qanday javobgarlik bo‘lishini avvalroq ko‘rdik. Sudni mustaqilligi shundayki, quyi sudlar yuqori sudlarga bo‘ysunmaydi. Faqat yuqori sudlar quyi sudlarni qonun doirasida qaror, hukm chiqarishini nazorat qiladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling