O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet176/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.



  1. O‘zini o‘zi boshqaruv nima?

  2. Mahalliy boshqaruv nima?

  3. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari qaysi organ?

  4. O‘zini o‘zi boshqaruv organlari qanday tuziladi?

  5. O‘zini o‘zi boshqaruv organlarining huquqini kim belgilaydi?

  6. O‘zini o‘zi boshqaruv organlari vazifalariga nimalar kiradi?

  7. O‘zini o‘zi boshqaruv organlari vakolatlariga nimalar kiradi?

  8. Vakolatlari qanday bajariladi?

  9. O‘zini o‘zi boshqaruv organlari qanday tashkil qilinadi?

  10. Fuqarolar yig‘ini Kengashi vazifalari nima va qanday tuziladi?

  11. Fuqarolar yig‘in raisi qanday lavozim va uning vakolatlariga nima kiradi?

  12. Rais va uning maslahatchilari qanday saylanadi?

  13. Fuqarolar yig‘ini va mahalliy hokimiyat organlari munosabatlari nima asosiga qurilgan?

  14. Qanday munosabatlarni bilasiz?



XXVI bob. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati


§ 1. Sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i. Sud-huquq islohotlari

Sud hokimiyatning alohida tarmog‘i sifatida barcha demokratik mamlakatlarda e'tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik tuzim himoyachisi sifatida namoyon bo‘lib, undan har qanday demokratik chiqish va harakatlarni jazolash vositasi sifatida foydalanilgan.


Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, sudlarni alohida mustaqil hokimiyat tarmog‘i sifatida vujudga keltirish uchun harakatlar boshlandi.
“Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunlar ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlashi lozim”1 – deb mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida e'tirof etgan edi Respublika Prezidenti.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda, sud hokimiyatini mustaqil hokimiyat sifatida o‘rnatishga alohida e'tibor berildi. Jahon mamlakatlari tajribasi o‘rganildi. Sud hokimiyatini tashkil etish, davlat hokimiyatini tashkil etishning ajralmas qismi deb qaraldi.
“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning taqsimlanish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning asosiy tayanchidir”2 – degan g‘oya Konstitutsiyaning 11-moddasida asosiy prinsip sifatida mustahkamlab qo‘yildi.
O‘zbekiston mustaqilligi, davlat hokimiyatini jahon tajribasida qo‘llab kelingan prinsiplarini qo‘llash natijasida Konstitutsiyada sudni totalitar tuzum, undagi hukmron partiya manfaatiga xizmat qiluvchi vositadan, fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy davlatning muhim vositasiga aylantirish uchun imkoniyat vujudga keldi va Konstitutsiyada mustahkamlandi.
Lekin Konstitutsiya yoki boshqa qonunlarda masalani belgilashni o‘zi muammoni hal qilmas edi. Sudni haqiqiy hokimiyat organiga, mustaqilligiga, fuqarolarning huquqlarini himoyachisiga aylanishi uchun katta ishlarni amalga oshirish zarur edi. Buning uchun sud-huquq sohasini isloh qilish zarurligi belgilandi va bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirib borildi. Uning natijasida sud hokimiyatining nazariy asoslari, huquqiy asoslari shakllanib, kuchayib bordi.
Eng avval sud hokimiyati o‘zi nima degan savolga javob berish lozim edi, chunki, shu asosda sudning hokimiyat tizimidagi o‘rnini aniqlash, u haqda aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumlaridan birida sud hokimiyatini tushunchasiga quyidagicha ta'rif berildi. “Sud hokimiyati – bu sudlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi vakolatidir”1
Bu ta'rif to‘la sud hokimiyati vazifalarini qamrab olmagan bo‘lsada, dastlabki urinishlardan bo‘lganligi uchun, uni ijobiy baholash mumkin. Albatta, sud hokimiyatiga ta'rif berishda sudni (Konstitutsiyaviy sud) qonunlarni Konstitutsiyaga mos kelishi (Konstitutsiya himoyasini), sudlarni fuqarolar huquqi, sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilish asosiy vazifasi ekanligi e'tiborga olinishi kerak.
Sud hokimiyatining shakllanishida 1993 yil 6 mayda qabul qilingan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”, 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlar muhim rol o‘ynadi.
Sud hokimyatini mustahkamlash, uni mustaqilligini ta'minlash masalasi doimiy ravishda davlat boshlig‘ining e'tiborida bo‘ldi. Deyarli barcha asosiy ma'ruzalarida davlat boshlig‘i bu masala xususida to‘xtalib o‘tdi.
1996-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma'ruzasida Prezident sud islohotlariga alohida to‘xtalib, shu munosabat bilan nimalar qilish kerakligini ochiq ko‘rsatib berdi1.
Islohotlar doirasida olib borilgan ishlar natijasida sudlarning huquqiy asoslari takomillashdi, qonunlar yangi taxrirda qabul qilindi.
Sudlarning mustaqilligini ta'minlash borasida tashkiliy ishlar ham amalga oshirildi.
1997-yil 12-sentabrda Prezident tashabbusi bilan O‘zbekistonda sudyalar qurultoyi chaqirilib, unda O‘zbekiston sudyalari Assotsatsiyasi ta'sis etildi va nizomi tasdiqlandi. Unda Assotsatsiyaning eng muhim vazifasi Respublikada sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash deb belgilab qo‘yildi. Bu uyushma tashkil bo‘lganligidan boshlab sud islohoti bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik sudlari vujudga keldi. Bu ham sud hokimiyatini mustahkamlash, ularni mustaqilligini ta'minlashdagi katta tadbir bo‘ldi.
Sudlarning mustaqilligini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligini sudyalikka kadrlar tayyorlash, tavsiya qilish vakolatiga barham berildi. Sudyalarni mustaqilligini ta'minlash maqsadida 1999-yil 30-iyundagi Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.
2000-yil 4-maydagi Prezident farmoniga ko‘ra, bu komissiya “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy Malaka Komissiyasi”ga aylantirildi3.
Sudyalar mustaqilligini ta'minlashda 2001-yil 22-sentabrda hukumat qarori bilan tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi “Sud qarorlarini ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash Departamenti” muhim voqyea bo‘ldi. Bu sudlarni iqtisodiy tomondan mahalliy davlat organlariga qaramligiga barham berdi.
Prezident 1999-yil 14-apreldagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma'ruzasida sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi va shu maqsadda advokaturani kuchaytirish, uning maqomini prokuraturaga tenglashtirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatni teng asosda ishtirokini ta'minlash, sudyalar har ishni tomonlarning fikrini holisona baholab qaror chiqarishi zarurligi, shundagina kishilar sudni jazolovchi organ emas fuqaro manfaatlarini himoya qiluvchi organ deb qarashi mumkinligini bayon qildi1.
2000-yil 22-yanvarda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan ma'ruzasida Prezident mamlakatimizda olib borilishi kerak bo‘lgan yetti muhim vazifani (yo‘nalishni) ko‘rsatar ekan, beshinchi vazifa sifatida “Sud-huquq sohasida qilinadigan ishlarni ko‘rsatib berdi”2. Bu yerda sud islohotlari, amaldagi kodekslar, qonunlar, me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish bilan qo‘shib olib borilishi zarurligi ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng, jinoyat qonunlariga, ma'muriy qonunchilikka, protsessual qonunchilikka kupgina o‘zgartirishlar kiritildi. Jazo tizimi erkinlashtirildi.
2002-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sessiyasida, Prezident mamlakatimizda olib boriladigan eng muhim islohotlarni belgilab berar ekan, oltinchi ustuvor yo‘nalish – bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirishdan iborat – deb ta'kidlab, qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni aniq ko‘rsatib berib, “Qaerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar”3 deb qayd qildi.
Prezidentning 2005-yil Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida bayon qilingan ko‘rsatmalarning sud-huquq sohasini isloh qilishda, fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ahamiyati kattadir.
Ma'ruzada sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishga alohida e'tibor berish qayd qilinar ekan, o‘tgan yillar davomida sud-huquq tizimi qurilmasining mutlaqo yangi Konstitutsiyasi amalga joriy qilinganligi e'tirof etildi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida:

  • Sudlarni ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi;

  • Sud ishlarini apellyasiya va kassatsiya tarzda ko‘rish institutlarini joriy etilganligi;

  • Tergov – surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlarining qisqarganligi, ishlarni sudda ko‘rib chiqishning qat'iy muddatlari belgilanganligi;

  • Sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik mexanizmini yaratilganligi;

  • Sud qarorlarini ijrosini kuchayganligi (bunda departamentning roli);

  • Prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini cheklash bo‘yicha qonun normalariga o‘zgartirishlar kiritilganligi;

  • Sud jarayonida prokuror va advokat huquqlarini tenglashtirilganligi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, sudlarning vakolatini kengaytirish, mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Jumladan:

  • prokuratura vakolatlarini bir qismini sudga o‘tkazish;

  • shaxsni ushlab turish, xibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o‘tkazish kerakligi;

  • jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash zarurligi va boshqalar1.

Bularning hammasi qonunchilikda o‘z ifodasini topdi. Natijada fuqarolarni ushlab turish, hibsga olishga sanksiya berish vakolati sudlarga o‘tkazildi, jazolar tizimidan o‘lim jazosi butunlay chiqarib tashlandi.
Sudya kadrlarni tanlash, tavsiya qilish masalasini yanada takomillashtirish uchun 2006-yil 17-martda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.
Mamlakat Prezidentining “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi” sud-huquq tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini, chora-tadbirlarini belgilab berdi. Konsepsiyada olib borilgan tadbirlar natijasida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorat va ta'siridan chiqarish imkoninini berganligi alohida ta'kidlandi.
Islohotlar natijasida, fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta'minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Sudlarda ish ko‘rishdagi o‘zgarishlarga muvofiq, apellyasiya instansiyasi ishni yangitdan ko‘rib chiqishga yubormasdan, uni o‘zi xolisona ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ldi. Prokuror va advokat tengligi ta'minlanib bormoqda. Islohotlarning eng muhim natijasi bu qonunchilikni yanada liberallashtirishni va insonparvarlik tamoyiliga muvofiqlashtirish bo‘ldi. Eng muhimi “Habeas korpus” institutining joriy etilishi, ya'ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga o‘tganligi prinsipial qadam bo‘ldi.
Konsepsiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sanab o‘tish bilan cheklanmay, kelajakda sud hokimiyatini yanada kuchaytirish, sudni chinakam mustaqilligini ta'minlash uchun qilinadigan aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi1.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling