O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Demak sud hokimiyatning mustaqil tarmog‘i “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” hisoblanadi.
§ 2. Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi
Sud hokimiyatining tizimi alohida vazifalarga hamda umumiy vazifalari mavjud, tegishli vakolatlarga ega alohida sud organlarining tizimidan iborat. Sud organlari qonunchilik va ijro hokimiyatidan farq qilib, alohida maqsadda tuzilgan sud organlaridan hamda Oliy va mahalliy sud organlaridan iborat va ularning barchasi birlashib yagona sud hokimiyatini tashkil qiladi. Konstitutsiyaning 107-moddasida sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tizimi belgilangan. Unga asosan, “O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolkik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinolyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat”. Sud hokimiyati tizimi quyidagi sxemada aniq ko‘rinadi. I. Demak sud hokimiyatning mustaqil tarmog‘i “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” hisoblanadi. Uning faoliyati Konstitutsiyadan tashqari, maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy sud faqat markazda (Respublika miqyosida) tuzilishi bilan (quyi tuzilmalarda yo‘q), vazifa va vakolatlariga qarab, tarkibiy tuzilishiga ko‘ra sud hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlaridan farq qiladi. Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda u Konstitutsiyaning asosiy himoyachisidir. Konstitutsiyamizning 109-moddasiga asosan, Konstitutsiyaviy sudga yana quyidagi vazifalar yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat'iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudning faoliyati, vakolatlari, ish yuritish, tashkil bo‘lish tartibi, tarkibi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling