O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


II. Sud hokimiyatining tarkibiga kiruvchi ikkinchi tarmoq sudi – bu umumiy yurisdiksiya sudlaridir


Download 1.95 Mb.
bet178/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

II. Sud hokimiyatining tarkibiga kiruvchi ikkinchi tarmoq sudi – bu umumiy yurisdiksiya sudlaridir. Bu sud tarmog‘i o‘z tizimiga ega, uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqaradi. Konstitutsiyaning 110-moddasiga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
Konstitutsiyaning bu normasi tegishli sud tizimini, unda Oliy sudning o‘rnini, qisqacha sudning vazifa va vakolatlarini belgilab qo‘ygan. Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimini quyidagi ko‘rinishda aniqroq tasavvur qilish mumkin.


Bu sudlarning vazifa va vakolatlari “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda keng berilgan.


Qonunning 2-moddasida sudning vazifasi belgilagan, unga asosan sud – “O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da'vat etilgan”1.
Ko‘rinib turibdiki, biror yerda sudga jazolash vazifasi yuklanmagan u faqat fuqaro va muassasalarning huquqlarini himoya qiladi. Sudga bunday vazifa yuklanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir. Qonunda sudlarning vakolatlari, tarkibi, ish yuritish shakli va prinsiplari batafsil belgilab qo‘yilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta'minlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirishdir.
III. Xo‘jalik sudlari. Fuqarolik, jinoyat ishlarini ko‘ruvchi sudlar avvalgi tuzumda ham mavjud bo‘lib, shu tuzum uchun hizmat qilgan bo‘lsa, xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi natijasida vujudga keldi va sud hokimyatining ajralmas qismi bo‘lib qoldi.
Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan amalga oshiriladi. (Konstitutsiyaning 111-moddasi).
Xo‘jalik sudlarining vujudga kelishiga bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish maqsadimiz, tadbirlarimizni rivojlantirish zarurati sabab bo‘ldi desa bo‘ladi. Xo‘jalik sudlari tizimi respublikaning Oliy Xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar xo‘jalik sud va Toshkent shahar xo‘jalik sudidan iborat.

Odil sudlov organlari tizimidan farq qilib, xo‘jalik sudlari tumanlarda va shaharlarda tashkil qilinmaydi.


Xo‘jalik sudlarining vazifasi, umumiy yurisdiksiya sudlari vazifasi bilan bir xil, ya'ni “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi bu sudga ham tegishli.
Sud hokimyati organlariga, Konstitutsiyada yana boshqa vazifalar ham yuklangan. Konstitutsiyaning 44-moddasida “Xar bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb belgilangan. Bu bir tomondan sudlarga fuqarolar murojaatlarini ko‘rish masuliyatini yuklasa, ikkinchi tomondan sudni fuqaro huquqlari va erkinliklarining eng kuchli, samarali vositasi, kafolati sifati namoyon qiladi.
Bu bilan sudlar fuqarolar huquqlarini davlatdan ham himoya qiladi.
Shunga alohida e'tibor berish kerakki, sudlar nafaqat qonunchilikni ta'minlaydi, ular qonun yaratishda, qonunchilik jarayonida ham faol qatnashadi. Konstitutsiyamizning 83-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini, qonunlarga o‘zgartirish kiritish takliflari bilan chiqish huquqiga ega.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling