O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet188/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Ikkinchi yo‘nalishtezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Uchinchi yo‘nalish – jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish;
To‘rtinchi yo‘nalish – sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy xuquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni, hamda xo‘jalik nizolarini ko‘rishda ishtirok etish va qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish.
Beshinchi yo‘nalish – soliq intizomini mustaxkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish.
Oltinchi yo‘nalish – ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat –huquqiy ta'sirining boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
yettinchi yo‘nalish – qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Ko‘rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko‘p qirralidir. Ularni amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolatlar berilgan.
Jumladan:
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma'lumotlarni takdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan xuquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fukarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona. muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish xuquqiga ega.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fukaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular buyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
O‘zbekiston Rsspublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorliginn ta'minlash maksadida tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma'lumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi va Koraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshkaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga xaqli.
Prokurorning – qonunlar ijrosi ustidan nazorati; fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorati; jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorati; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorati bo‘yicha vakolatlari hamda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlari “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda batafsil belgilab qo‘yilgan.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini, erkin, hyech kimni ta'sirisiz olib borishi uchun prokuratura xodimlarining daxlsizligi ham qonunda belgilangan unga asosan, prokuror yoki tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutloq vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya hatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti masalalari, prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan.
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi bor tayinlanayotgan shaxs qasamyod qabul qiladi.
Prokuratura xodimlari ham sudyalar kabi deputat bo‘la olmaydi, siyosiy partiya va harakatlar a'zosi bo‘la olmaydi va boshqa haq to‘lanadigan ishda ishlay olmaydi.
Prokuratura organlari faqat qonuniylikni mustahkamlash bilan shug‘ullanmasdan, qonunlarni vujudga kelishi, takomillashuvida, ya'ni qonunchilik jarayonida ham ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 83-moddasida asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling