O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 3. O‘zbekistonning soliq tizimi
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 3. O‘zbekistonning soliq tizimi
Har qanday mamlakatda davlat byudjetining manbalaridan biri soliq hisoblanadi. Sotsialistik rejali tizimda soliqni o‘ziga xos xususiyatlari, bozor munosabatlari asosida jamiyatdagi soliqni, soliq tizimini o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab to‘g‘ri soliq siyosati olib borishga alohida e'tibor berildi. “Soliq tizimi ham bozor infrastrukturasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni hali chinakamiga tashkil qilishga to‘g‘ri keladi. Soliq xizmati faqat soliq to‘plash idorasigina bo‘lib qolmasdan, balki tadbirkorga ularning moliyaviy faoliyatini tashkil etishda hamda moliya intizomiga rioya qilinishida ko‘maklashish kerak”1, – deb Prezident soliq tizimini yaratish zarurligini va uni iqtisodiyotdagi o‘rnini ko‘rsatib bergan edi. O‘zbekistonning soliq tizimi qanday bo‘lishligi haqida davlat boshlig‘i alohida ko‘rsatmalar bergan. “Bilamizki, soliqlar davlat byudjeti bilan mahalliy byudjetlarni to‘ldirishning asosiy manbaidir. Soliqlar keng qamrovli, ayni paytda har bir soha, tarmoq va korxonaga alohida qayishqoq va sharoitga moslashuvchi bo‘lish zarur. Soliqlarning miqdorlarini turli yo‘llar bilan oshira borish davlatga va jamiyatga naf keltirmasligini anglab olishimiz kerak, deb o‘ylayman. Soliqlar daromadlarning bir qismigagina solinishi, ayni vaqtda xalq xo‘jaligi va aholiga kerakli mahsulot hamda mollarni ko‘proq va yaxshiroq ishlab chiqarishga intilayotgan tashkilotlarni va kishilarni har jihatdan rag‘batlantirish lozim”2, degan so‘zlar mamlakatimiz soliq tizimini maqsad va mazmunini belgilab bergan O‘zbekiston Davlati zarur pul mablag‘lari fondlarini tashkil qilishda va turli ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda soliqlardan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 123-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi”. Soliq tizimi deganda, O‘zbekiston Respublikasi ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, belgilangan tartibda soliqqa tortishning muhim shart-sharoitlari majmui tushuniladi. Soliqqa tortishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: - soliqqa tortish tamoyillar; - soliqlarni belgilash va joriy qilish tartibi; - soliqlar tizimi; - soliqlarni byudjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi; - soliq nazoratini amalga oshirish shakli va usullari; - soliq to‘lovchilarining huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari; - soliq munosabatlari ishtirokchilarining yuridik javobgarligi. Demak, soliqka tortishning muxim shart-sharoitlari yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Soliq tizimi tushunchasi, soliqlar tizimidan farq qiladi. Soliqlar tizimi – bu tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy birlikka ega bo‘lgan alohida soliqlar yig‘indisidir. Hozirga paytda O‘zbekiston Respublikasida quyidagi soliqlar tizimi amal kilmokda: Umumdavlat soliqlari. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6-moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; kushilgan kiymat solig‘i; aksiz solig‘i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan normativ bo‘yicha tegishli byudjetlar urtasida taksimlanadi. Soliq kodeksining 7-moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi: - mol-mulk solig‘i; - yer solig‘i; - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; - jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; - savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari; - yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. Yagona soliq to‘lash tartibi va stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar (mol-mulk solig‘i, tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yig‘imlarini, yuridik shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘imni qo‘shgan holdagi savdo qilish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga byudjetga yalpi daromad solig‘i to‘laydilar. Yalpi daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qishlok xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, aksiz solig‘ini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar xamda yig‘imlar o‘rniga o‘zi yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘laydilar. Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi va stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Lotereyalar, totalizatorlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni (ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat turlari bundan mustasno) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i, mol-mulk solig‘i, ekologiya solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqdanadi. Soliqlarni joriy qilish – bu hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasida “Soliqlarni joriy qilishga fakat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqli”, – deb yozib qo‘yilgan. Soliqlarni joriy qilishda har bir soliqka taalluqli bo‘lgan quyidagi elementlar mavjud bo‘lishi zarur: a) soliq sub'ektlari; b) soliq ob'ektlari; v) soliq predmeti; g) soliq solish miqyosi; d) soliq solish bazasini hisobga olish uslubi; ye) soliq to‘lash kerak bo‘lgan davr; j) soliq birligi; i) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; k) hisobot davri; l) soliq to‘lash muddati; m) soliq to‘lash usuli va tartibi kabilar kiradi. Soliq qonunida bu elementlarning bo‘lmasligi yoki noaniq ifodalanishi soliq munosabatlarida chalkashliklarni yuzaga kelishiga, qonun oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarilmasdan qolishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 7-moddasining 3-6-bandlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari mahalliy soliqlarni joriy etish huquqiga ega. Bu mahalliy hokimiyat organi o‘z huquqini amalga oshirishi va davlatning yuqori vakolatli organi tomonidan ilgari belgilangan soliqlarni biror turini amalga kiritishi yoki bunday huquqdan voz kechishi mumkin. Bundan tashqari ular soliq to‘plamidan imtiyozlarini ham belgilash huquqiga ega. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling