O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Senat faoliyatini tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi


Download 1.95 Mb.
bet150/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Senat faoliyatini tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi

Konstitutsiya va qonunlarga asosan Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senatning birinchi majlisi MSK tomonidan Senat tarkib topgandan keyin bir oydan kechiktirmay chaqiriladi, majlisni MSK raisi ochib, Senat Raisi saylanguncha majlisga raislik qiladi.
Senat doimiy ishlovchi palata emas, uning majlislari zaruratga qarab, lekin kamida bir yilda uch marta o‘tkazilishi kerak.
Senatning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u Prezident, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat a'zolari umumiy sonining uchdan bir qismi taklifi bilan chaqirilishi mumkin.
Senat majlislarida qonunchilik palatasida qabul qilingan qonunlar ma'qullanadi yoki rad etiladi, shuningdek Senat hujjatlari qabul qilinadi.
Senat majlisi agar unda senatorlar umumiy sonini yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritish, Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Senat va uning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a'zolari, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Konstitutsiya (81 modda) Senat majlislarida va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi ham ko‘rsatilgan.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, OAV vakillari taklif etilishi mumkin.
Senat majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Zarur hollarda senatni qarori asosida yopiq majlisi o‘tkazilishi mumkin. Senat qonunchilik palatasi bilan birga qo‘shma majlislar o‘tkazadi. Bu haqda qonunchilik palatasiga bag‘ishlangan qismda batafsil to‘xtab o‘tilgan.
Senat ham o‘z ichki tuzilmasiga ega.
Senat birinchi majlisida O‘zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolat muddatiga Senat Raisini saylaydi.
Birinchi majlisda Senat Raisi bilan uning o‘rinbosarlari saylanadi, o‘rinbosarlardan biri Qorqalpog‘iston vakili bo‘ladi.
Senat Raisi o‘z vazifasini bajarishi davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga a'zolikni to‘xtatib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:

  1. Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

  2. Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalrni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

  3. Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi.

  5. Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda halqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, halqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi.

  7. Senat qarorlarini imzolaydi

  8. Ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.(Konstitutsiyaning 86-moddasi)
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunida Senat Raisining yana boshqa vakolatlari ham ko‘rsatilgan, ya'ni Senat ma'qullagan qonunlarni imzolash uchun Prezidentga yuborish, o‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va boshqalar (Qonunning 14 moddasi).
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ovozi bilan muddatidan ilgari chaqirib olishi mumkin.
Senat Raisi o‘rinbosarlari Raisning topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va rais yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi.
Senatni ichki tuzilmasi sifatida Senat Kengashini ko‘rsatish mumkin.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish uchun Senat Kengashi tuzildi. Uning tarkibiga Senat Raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mitalarini raislari kiradi. Senatda fraksiyalar tuzilmasligi sababli Kengash tarkibida fraksiya boshliqlari yo‘q.
Kengash Senat majlislari oraliqlarida, zaruratga qarab to‘planadi. Uning qarori a'zolarining umumiy sonin ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi kabi Senat ichki tuzilishida qo‘mitalar alohida rol o‘ynaydi.
Konstitutsiyaning 87-moddasida Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash,qonunlar hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ijrosini nazoart qilish uchun senatorlar orasidan qo‘mitalar saylanishi belgilangan. Konstitutsiyaning shu moddasida zarur bo‘lgan vaqtda, muayyan vazifalarni bajarishi uchun senatorlar orasidan komissiyalar tuzilishi ko‘rsatilgan.
Oliy Majlisi Senati ichki tuzilishida Qonunchilik palatasidagi kabi, partiya fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi tuzilmalar yo‘q.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarini saylash, vakolatlari, ishini tashkil etish, majlislari, qarorlari, Senat komissiyalari haqidagi masalalar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senati to‘g‘risida” gi qonunning 17-22 moddalarida belgilangan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling