O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni va vazifasi
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
§ 2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni va vazifasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jahon miqyosida olinadigan bo‘lsa – parlamentdir. Parlament esa – qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi, shu bilan birga vakillik hokimiyatining ifodasi hamdir. Oliy Majlis – parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini aniqlash uchun, avvalo parlamentning o‘zini davlatchilikdagi, halq hokimiyatchiligini amalga oshirishdagi rolini aniqlash, boshqacha aytganda shu haqda tassurotga ega bo‘lishi kerak. Parlamentni vujudga kelishi – jahon davlatchilik tajribasidagi eng yirik voqyea desa bo‘ladi. Parlamentni vujudga kelishi birinchidan, ming yillar davomida yashab kelgan davlat hokimiyatini bir kishi (monarx) qo‘lida to‘planishiga barham berdi. Ikkinchidan, yakka hukmronlikni chegaraladi. Uchinchidan, davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirishi imkoniyatini vujudga keltirdi. To‘rtinchidan, hokimiyat ishlarida mamlakat aholisini (fuqarolarini) ishtirok etishining samarali vositasi vujudga keldi. Beshinchidan, davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazoarti vujudga keldi. Oltinchidan, qonun ishlab chiqish, qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo‘ldi. Parlamentizm vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvini eng demokratik, davlat boshqaruvida ko‘pchilikni ishtirokini ta'minlaydigan respublika shaklini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta'sir qildi. Parlamentizm vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya qilishda yangi bosqich bo‘ldi. Shularni hisobga olgan holda har bir demokratik yo‘ldan borayotgan mamlakatlar o‘z parlamentini shakllantirish, rivojlantirishiga alohida e'tibor beradi. O‘zbekistonning mustaqillikkacha bo‘lgan davrini ko‘radigan bo‘lsak unda oliy qonunchilik organi O‘zbekiston Oliy Soveti hisoblangan. Lekin u shakli nuqtai nazaridangina parlament (vakillik) organi bo‘lib, mazmuni parlamentdan ancha yiroq edi. Oliy Sovet vujudga kelib butun faoliyat ko‘rsatgan davrda biror marta muqobillik asosida saylov bo‘lmagan. Uning vakillik xarakteri avvaldan sun'iy ravishda belgilash asosida qurilar edi. Ya'ni uni tarkibida qancha ishchi, qancha dehqon, qancha ziyoli, qancha ayol bo‘lishi, milliy tarkibi avvaldan belgilab qo‘yilar, deputatlar mansablariga, lavozimiga qarab o‘rnga ega bo‘lar edi. Oliy Sovet mustaqil hyech narsani hal qilolmas, faqat markaz manfaatiga mos qonunlar qabul qilar yoki partiya ko‘rsatmasi, irodasini qonunga aylantirar edi. O‘zbekiston parlamentga mustaqillik tufayli erishdi. Parlament tashkil qilinishida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi” qoidasiga to‘la amal qilishga va Oliy Majlisning faoliyatini Konstitutsiyaviy asosda tartibga solishda alohida e'tibor berildi. Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limidagi XXII bob “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” – deb nomlanib, uning moddalari Oliy Majlis faoliyatini tartibga soladi. Oliy Majlis – O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti bo‘lib, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga u oliy davlat vakillik organidir. Konstitutsiyaning 76-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi” – deyilgan. Eng avvalo Oliy Majlis davlat organi. Uni davlat vakillik organi deb yuritilishining sababi, u xalq vakillaridan iborat. Oliy Majlis ikki palatadan, Qonunchilik palatasi – quyi palata, Senat yuqori palatadan iborat. Oliy Majlisning palatalarini tashkil bo‘lishi, ularning a'zolarini tarkibini ko‘radigan bo‘lsak ular aholining keng qatlamlarini vakili ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Oliy Majlis palatalarining deputat va senatorlari orasida erkaklar va ayollar, turli yoshdagi kishilar, turli kasb egalari, olimlar, turli partiya vakillari borligini ko‘ramiz. Ular halqning ishonch bildirgan va halqdan vakolat olgan kishilardir. Ular Oliy Majlis palatalarida halq nomidan ish ko‘radi. Shuning uchun Oliy Majlisni davlatning vakillik organi deb qonunda belgilab qo‘yilgan. Oliy Majlis – vakillik organi sifatida qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. U mamlakatda yagona qonunchilik organi. Oliy Majlis qonunchilik organi sifatida qonunlarni qabul qiladi, ularga o‘zgartirish kiritadi va zarur hollarda amaldagi qonunlarni bekor qiladi. Qonun qabul qilish bilan ular mamlakat ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini belgilaydi. Oliy Majlisni Konstitutsiya va qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi deb belgilanishi, uning vazifasi faqat qonun qabul qilish bilan cheklandi degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Respublika Oliy Majlisi ham butun dunyodagi parlamentlarga xos boshqa vazifalarni ham bajaradi. Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini, vakolatlarini belgilash. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, a'zolarini tayinlash, saylashda ishtirok etish. Mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish, ularni respublika tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish. Qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimiyatini (hukumat) faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlanib borishi ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati, ya'ni parlament nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bu masalaga alohida e'tibor berilgan edi. Shu asosda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar esa vakillik hokimiyatining hukumat faoliyati ustidan nazoratini, hukumatni, Bosh vazirni parlament oldida mas'uliyatini yanada kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Bu masalalar xususida keyingi bandlarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini aniqlaganimizda uning qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishi, shu tufayli boshqa har qanday hokimiyat organlarining faoliyatini belgilash, boshqa organlarni tuzishda ishtirok etish, ijro hokimiyatining parlament oldida mas'uliyatligiga e'tibor berishimiz lozim. Ana shu narsalar Oliy Majlisni boshqa hokimiyat tuzilmalariga nisbatan ta'sirchan vositalarga ega hokimiyat tarmog‘i ekanligini ko‘rsatadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling