O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 8. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 8. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati
Deputatlar qaysi vakillik organlarining deputati bo‘lishidan qat'iy nazar, saylovchilar tomonidan saylanib, deputat sifatida ro‘yxatga olinib, deputatlik maqomiga ega bo‘lgach, ularning faoliyati faqat vakillik organlari faoliyati bilan cheklanmaydi. Butun vakolat muddati davrida o‘zlari saylangan saylov okruglarida ham faoliyat yuritadi. Deputatlarning saylov okruglaridan faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Saylovchilar bilan uchrashuv, saylovchilarni qabul qilish. O‘zlarini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar (o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) bilan aloqa o‘rnatish,hamkorlik qilish. Okrugdagi turli idora, muassasa, mansabdor shaxslar bilan uchrashib saylovchilarni orzu-istaklarini, talablarini bajarilishiga ko‘mmaklashish va okrugda vakillik organlari qarorlari, O‘zbekiston qonunlarini bajarilishi ahvolidan xabardor bo‘lib turish. Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari o‘ziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqadi, ularni hal etish choralarini ko‘radi. Deputatning muhim burchi bu saylovchilarni qabul qilishdir. Shuning uchun belgilangan muddatlarda, aniq joylarda bu ish bilan shug‘ullanadi. Mahalliy Kengash deputatlari vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida ikki marta, Qonunchilik palatasi deputatlari yilda kamida bir marta saylovchilarga o‘z faoliyati yuzasidan axborot berib boradi. Qonunchilik palatasi deputatlariga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun Qonunchilik palatasi reglamentida, mahalliy Kengash deputatlari uchun Mahalliy Kengashlar reglamentida belgilangan tartibda kunlar ajrtiladi. Deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish borasida mahalliy ijro hokimiyati organlariga alohida mas'uliyat yuklangan. Deputatlar iltimosiga ko‘ra ijro organlari uchrashuv o‘tkazish, saylovchilarni qabul qilish uchun qulay, sharoiti yaxshi binolar, xonalar ajratiladi, uchrashuv vaqti, joyi, uyushtiriladigan joy manzili vaqti haqida aholini xabardor qiladilar. Uchrashuv va qabullarda ishtirok etishi uchun o‘z vakillarini ajratadi. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati faqat saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularni qabul qilish bilan tugamaydi. Deputatlar o‘z okruglarida o‘zlarini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar bilan, tuman va shahar Kengashlari deputatlari siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi. Ularning xohish-istaklarini aniqlab, tegishli vakillik organiga olib chiqadi. Joydagi muammolarni siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan aniqlab, ularning yechimi xususida birgalikda tadbirlar o‘tkazadi, zarur hollarda shu masalalarni vakillik organlarida muhokama qilishga kiritadi. Deputatlarni saylov okrugidagi faoliyatini, saylovchilar, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan uchrashuv o‘tkazishlari, fuqarolarni qabul qilishlari, saylovchilarga axborot berib turishlari mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlisida saylangan senatorlarga ham taalluqlidir. Bu senatorlar, senator bo‘lib saylangach, ularning mahalliy Kengash deputatligi bekor bo‘lmaydi. Ular qaysi mahalliy Kengash deputatligiga saylangan bo‘lsa, senatorlik davrida mahalliy Kengash deputati bo‘lib qolaveradi. Senatorlar o‘zlarini saylagan mahalliy Kengashlar oldida ham, saylovchilar oldida ham mas'uldirlar. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling