Reja: Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi
Download 469.03 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MA\'RUZA
11-mavzu. Gormonlar. Ularning klassifikatsiyasi va funksiyasi Reja: 1. Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi. 2. Oshqozon osti bezi. Insulinning ta’sir mexanizmi. Tayanch iboralar: katexolaminlar, tireoid gormonlar, melatonin, tiroksin va triyodtironin, Insulin 1. Moddalar almashinuvi va funksiyalarining gormonlar ishtirokida idora etilishi. Idora etish mexanizmlarining ta’siri natijasida hujayralarda barcha kimyoviy reaksiyalar va fizik-kimyoviy jarayonlar tezliklarining bir-biriga moslashishiga erishiladi hamda barcha organlar funksiyalarining uyg’unlashuvi va organizmning ta’siri muhim o’zgarishlariga mos reaksiya ko’rsatilishi ta’minlanadi. Idora etish sistemasining ta’siri tufayli organizm o’timal rejimda ishlaydi va tashqi taassurotlar hamda ichki o’zgarishlarga javob bera oladi. Organizm ichki muhitining o’zgarmay, birdek bo’lib turishiga gomeostaz deb ataladi. Organizmning quyidagi holatlarida ba’zi ko’rsatgichlar o’zgarishi mumkin: 1. Ontogenoz. Ontogenez davrida turli genlarning faolligi turlicha bo’lib, ba’zilarining ta’siri to’xtab qoladi, ba’zilari esa ma’lum davrlarga faol bo’ladi. Buning natijasida metabolik jarayonlar, a’zolar tuzilishi, funksional holati o’zgaradi. 2. Siklik o’zgarishlar (bioritmlar). Fermentlar faolligi, gormonlar va ba’zi metabolitlar miqdorining siklik o’zgarib turishi ma’lum. Bu o`zgarishlar sutkaning vaqtiga bog’liq bo’lishi mumkin. 3. Fiziologik aktivlikning o’zgarishlari, ularning harakat aktivligi, nerv sistemasi, sezgi a’zolari, xazm qilish sistemasining funksional holatiga bog’liqdir. 4. Organizmda tashqi omillar tufayli yuzaga keladigan adantiv o’zgarishlar: sovuqda issiqlik hosil qilishning kuchayishi, o’avoda kislorod miqdori kam bo’lganda gemoglobin kontsentrasiyasining ortishi bunga misol bo’la oladi. 5. Tashqi muhitning shikastlovchi omillariga javoban yuzaga keladigan reaksiyasi. Antigenlarga qarshi antitelolar sintezi, yot moddalarning ta’sirida mikrosomal gidroksilazalar sintezining ortishi, qon tomirlari shikaslanganda tromblar hosil bo’lishi, yallig’lanish reaksiyasi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Organizmdagi gomeostazning saqlanishida moddalar almashinuvining boshqarilishi alohida o’rin tutadi va uning quyidagi darajalari tafovut etiladi. Birinchi darajasi. Idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlarini o’z ichiga oldi. Bunda fermentlar faolligi alohida o’rinni egallaydi va unga quyidagi 3 usul bilan ta’sir etish mumkin. a) fermentlarni ingibirlash yoki faollashtirish, muhit va harorat, kofaktor va kofermentlar, oraliq metabolitlar miqdorini o’zgartirish orqali ta’sir etish mumkin; b) fermentlar va ba’zi oqsillar sintezini induksiya yoki re’ressiya qilish, ular parchalanish tezligini o’zgartirish yo’li bilan ular miqdorini o’zgartirish mumkin; v) membrana orqali moddalarning o’tishiga ta’sir etish orqali; endokrin sistema idora etishning ikkinchi darajasidir. Ma’lum bir ta’sirotga javoban ichki sekretsiya bezlaridan gormonlar ajralib chiqadi va ular nishon hujayralarda ichki mexanizmlar orqali u yerdagi modda almashinuvini tegishli ravishda o’zgartiradi. O`z vazifasini bajarib bo’lgan gormon maxsus fermentlar ta’sirida parchalanadi. Idora etishning uchinchi darajasi nerv sistemasi bilan ham tashqi, ham ichki muhitdan keluvchi axborotlarni qabul qilib oladigan retseptorlardir. Mediatorlar idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlari orqali moddalar almashinuvining o’zgarishiga olib keladi. Nerv im’ulisiga javoban gormonni sintezlash va ajratib chiqarish bilan javob beruvchi endokrin hujayralar ham effektor hujayralar bo’lishi mumkin. Idora etishning keltirilgan uchta darajasi o’zaro bog’langan bo’lib, yagona bir sistema tarzida ishlaydi. Endokrin sistemaga hujayralari organizmning ichki muhiti, ya’ni qon yoki limfaga gormonlar nomini olgan kimyoviy regulyatorlarni ajratuvchi maxsus bezlar kiradi. “Gormon” atamasi (grek o’ormanio- qo`zg’ataman, harakatga keltiraman) Beyliss va Starling tomonidan taklif etilgan. Gormonlar uchun quyidagi biologik belgilar xos bo’ladi: 1) distant boshqaruv, ya’ni ular effektor hujayralar almashinuvi va funksiyasini masofadan turib boshqaradi; 2) biologik ta’siRNKing qa’tiy o’ziga xosligi (s’etsifikligi), ya’ni bir gormon butunlay boshqa gormon o’RNKini to’ldira olmaydi; 3) yuqori biologik faolligi – juda kam miqdorda, ya’ni bir necha o’n mikrogrami organizm hayotiyligini ta’minlaydi. Download 469.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling