Reja: Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi
Gormonlarning olinishi va amaliyotda qo’llanilishi
Download 469.03 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari.
4. Gormonlarning olinishi va amaliyotda qo’llanilishi. Gormonlar amaliyotda
qo’llanish uchun biologik materiallardan ajratilib, kimyoviy sintez va gen injeneriyasi usullarida olinadi. Biologik materiallardan birinchi usulda oshqozon osti bezidan insulin va glyukagon mollarning Gipofizidan kortikotro’in va melanotro’in, qon zardobidan follitro’in olinadi. Kimyoviy sintez usulida hozirgi vaqtda hamma steroid gormonlar ularning analoglari va unumlari, yodtironinlar va boshqa gormonlar- aminokislotalar unumlari, oksitotsinga o’xshash peptid gormonlar olinadi. Laboratoriya sintezi bilan hamma oqsil tabiatli gormonlar olingan. Gen injeneriyasi usuli bilan laboratoriya sharoitida insulin, somatostatin olingan. Tibbiyot amaliyotida gormonlar o’RNKini bosuvchi ‘atogenetik davolash maqsadida ishlatiladi. ‘atogenetik maqsadda qo’llanilganda gormonlarning ayrim xossalaridan (shamollashga qarshi, anabolitik) kasal odamning organizmida ularning miqdori kamaymagan bo’lsa ham foydalaniladi. 5. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga turlicha ta’sir etadigan ikki guruh gormonlarni sekretsiya qiladi: 1) Yodtironinlar – tiroksin va triyodtironin energiya almashinuvini boshqaradi va hujayraning bo’linishi hamda differensiyalanishiga ta’sir etib, organizmning rivojlanishini belgilaydi. 2) Kaltsiotonin fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaradi ( u qalqonsimon oldi bez gormonlari bilan birga ko’rib chiqiladi.) Yodtironinlar sintezi. Qalqonsimon bez qovushqoq kolloid suyuqlik bilan to’lgan ko’pgina maxsus bo’shliqlar – follikulalardan iborat. Ushbu kolloid tarkibiga yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan maxsus yod saqlovchi glikoprotein – yod- tireoglobulin kiradi; u qalqonsimon bez follikulyar qismining asosiy gormoni – tiroksinning zao’ira shaklidir. Gormon sintezlanishi uchun qalqonsimon bez e’iteliysiga qondan faol tashilish yo’li bilan kiradigan yodid va e’iteliyda hosil bo’lib, follikula bo’shlig’ini to’ldiradigan tireoglobulin bo’lishi shart. Sintez jarayoni bir necha bosqichda boradi: 1. Yodiddan yodidperoksidaza ishtirokida “faol” yodning hosil bo’lishi: I - - e - (2e - ) → I 0 (I + ) O’ 2 O 2 elektronlar manbai bo`lib hisoblanadi. Faol yod tirozinni yodlash xususiyatiga ega. 2. Tireoglobulin tarkibida tirozinni tirozinyodinaza ishtirokida yodlanishi. Bunda monoyodtirozin yoki diyodtirozin hosil bo’ladi. 3. Tireoglobulin molekulasida mono- va diyodtirozinlarning oksidlanishli kondensatsiyalanishidan triyodtironin va tiroksinning hosil bo’lishi. Jarayon tirozin- yodinazaning yuza qismida boradi. 4. Tireoglobulinning kolloiddan e’iteliy hujayralari orqali o’tishi va uning hujayra tashqi suyuqligi yuvib o’tadigan membrananing yuza qismida joylashishi. Bu jarayon endositozni eslatadi. 5. Yodtironinlarning sekretsiyasi – tireoglobulin proteazalari gidrolizi hisobiga borib, ulardan qonga tiroksin (T 4 ) va triyodtironin (T 3 ) ajralib chiqadi. Yodtironinlarning ta’sir qilish mexanizmi. Yodtironinlar organizmning ko’p to’qimalariga ta’sir qiladi, ammo unga nisbatan jigar, yurak, buyrak, skelet muskullari va kamroq darajada yog’ va nerv to’qimalarida sezgirlik bo’ladi. Tireoid gormonlar ko’proq hujayraning bo’linishi va differentsiallanishiga hamda organizmning energetik almashinuviga ko’proq ta’sir qiladi. Ular moddalar almashinuviga 2 tomonlama: sitozol retseptorlari orqali yadro xromosomalariga va sAMF orqali. SHuningdek, yodtironinlar mitoxondriyaning oksidlovchi fermentlarini va vodorodni sitoplazmadan mitoxondriya matriksiga tashuvchi “mokki” mexanizmi fermentlarini faollaydi. energetik almashinuvga ta’sir etishi kislorodning ko’p miqdorda sarflanib, organizmda issiqlik hosil qilishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi. Qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi organizmda yodtironinlar miqdorining oshishi yoki kamayishi bilan birga kuzatiladi. Qalqonsimon bezning gi’erfunktsiyasi yoki gi’otireozda juda ko’p miqdorda yodtironin hosil bo’ladi, bunday holatlar tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi nomini olgan. Bundagi kasalliklar yodtironinlarning organizmdagi intoksikatsiyasi bilan bog’liq.Uglevodlar va triatsilglitserinlarning tezlik bilan parchalanishi tireotoksikoz uchun xos belgi hisoblanadi. Yog’ kislotalar, glitserin va glikoliz mahsulotlarining tez yonishi ko’p miqdordagi kislorodni talab etadi. Mitoxondriyalar kattalashadi va bo’kadi.Yodtironinlarning ortiqcha miqdori quyidagi belgilarning yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi: asosiy modda almashinuvining tezlashishi, haroratning oshishi, vazn kamayishi, yurakning tez urishi (taxikardiya) , nerv qo’zg’aluvchanligini oshishi, ko’zning chaqchayishi va boshqalar.Qalqonsimon bezning gi’ofunktsiyasi yoki gi’otireozda organizmda yodtironinlar yetishmaydi.Yosh bolalarda qalqonsimon bezning gi’ofunktsiyasi kretinizm kasalligiga olib keladi. Ushbu kasallikda bo’y o’smasligidan tashqari teri, soch, muskullarda maxsus o’zgarishlar, almashinuv jarayonlari tezligining keskin pasayishi, shuningdek chuqur ‘sixik o’zgarishlar ro`y beradi. Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bez gi’ofunktsiyasida, gi’otireoidli shish yoki miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik ko’pincha ayollarda uchrab, suv-tuz, yog’lar almashinuvining buzilishiga xosdir. Bemorlarda shilimshiq shish, patalogik semirish, asosiy almashinuvning keskin pasayishi, soch va tishlarning tushishi, miyaning umumiy o’zgarishlari kuzatiladi. Teri qurib qoladi, tana harorati pasayadi, qonda glukoza miqdori oshadi, ba’zilarda xotira pasayadi. Qaqonsimon bez jaroo’atlanishi bilan bog’liq yana bir kasallik – endemik bo’qoq. Odatda bu kasallik suv va o’simliklarda yod yetishmaydigan tog’li joylarda yashovchi aopoli o’rtasida ko’proq uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez to’qimasi biriktiruvchi to’qima hisobiga kom’ensator kattalashadi, ammo bu jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi kuzatilmaydi. Kattalashgan bez ma’lum noqulayliklar keltirsa ham kasallik organizmning funktsiyalarini jiddiy o’zgarishga olib kelmaydi. Qalqonsimon oldi bezi gormonlari. ‘aratgormon qalqonsimon bezning orqa yuzasida joylashgan ‘aratireoid bezlarda hosil bo’luvchi peptidli (84 ta aminokislota qoldig’i) gormondir. Kaltsiy kontsentratsiyasi pasayganda uning sintezi tezlashadi; ortganda esa sekinlashadi. ‘aratgormonning yarim yashash davri – 20 daqiqa. Nishon hujayralar suyak va buyraklardir, ularda ‘aratgormon bilan bog’lanuvchi retseptorlar mavjud. Uning ta’sirida suyakda reabsorbtsiya boshlanib, kaltsiy va fosfatlar qonga o’tadi. Buyraklarda esa kaltsiy reabsorbtsiyasi kuchayadi, fosfatlar reabsorbtsiyasi pasayadi, natijada organizmda kaltsiy tejab qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi. D 3 vitamini gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning o’tmishdoshidir. Bu modda kaltsitrol deb ataladi. Kaltsitrolning nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kaltsiy va fosfatlarning shrilishini, suyaklarda kaltsiy metabolizmini jonlantiradi. D 3 vitamini organizmga yuborilganda kaltsiyni biriktirib oladigan va uning shrilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. D 3 vitamini yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi. Kaltsitonin peptidli gormon (32 ta aminokislota qoldig’ini saqlaydi) bo’lib, ‘aratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlarning C-hujayralarida sintezlanadi. Qondagi kaltsiy miqdori ko’payganda kaltsitonin sekretsiyasi kuchayadi. Suyaklar bu gormonning nishon hujayralari hisoblanadi, u suyaklarda kaltsiy safarbar bolishini susaytirib turadi. Download 469.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling