Reja: Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi
Download 469.03 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MA\'RUZA
8. Jinsiy bez gormonlari. erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar). Androgenlarga
testosteron, androsteron va degidroe’iandrosteron kiradi. Bulardan eng faoli testosterondir. Androgenlarning biosintezi asosan urug’donlarda va qisman tuxumdon hamda buyrak usti bezlarida sodir bo’lib, Gipofizning gonadotro’in gormonlari (LG bva FSG) tomonidan idora etiladi. O’z navbatida androgenlar gonadotro’inlar sintezini manfiy teskari bog’lanish mexanizmi bo’yicha pasaytiradi. Bu gormonlarning, xususan, testosteronning asosiy manbai va o’tmishdoshi atsetil – KoA va xolesterindir.Androgenlarning biologik vazifasi erkaklar organizmida reproduktiv tizimning takomillashishi va faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liqdir: ikkilamchi erkaklar jinsiy belgilarining rivojlanishi, urug’donlarda s’ermatogenez, yuz va tanada sochlarning o’sishi va xokazo. SHuni ham ta’kidlash kerakki, androgenlar kuchli anabolik ta’sirga egadir. Barcha to’qimalarda, ayniqsa, muskullarda oqsil biosintezini stimullaydi, natijada tana vazni oshadi. Androgenlarning bu ta’siridan, ayniqsa, s’ortchilar ularning analoglaridan (anabolik steroidlar) foydalanishi rasm bo’lib qolgan. Ammo hozir ularni ishlatish sog’lik uchun zararli ekanligi aniqlangan. Ayollar jinsiy gormonlari (estrogenlar va progestinlar). Ayollar jinsiy gormonlarining asosiy sintezlanadigan joyi tuxumdonlar va sariq tanachadir. Hozirgi vaqtda kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasi bilan farq qiladigan ikki guruh ayollar jinsiy gormonlari to’ilgan: esterogenlar (asosiy vakili–estradiol ) va progestrinlar (asosiy vakili–progesteron). estron (follikulin) va estriol estradiolning unumlaridir. estrogenlar – progesteronning ishlab chiqarilishi siklik harakterga ega bo’lib, siklning birinchi fazasida estrogenlar, ikkinchi fazasida esa progesteron sintezlanadi. Bu gormonlarning ham o’tmishdoshi xolesterindir. SHuni ham ta’kidlash kerakki, o’omiladorlik paytida ayol organizmida estrogenlar va progesteronlar ishlab chiqaruvchi yana bir a’zo – ‘latsenta (yo’ldosh) bo’lib, bu a’zo o’omila bilan birgalikda , ya’ni feto’latsentlar kompleks (lotincha boetus, o’omila demakdir) shaklida faoliyat ko’rsatadi. estrogen va progesteronning asosiy biologik omili ayol organizmining reprodurtiv funktsiyasini ta’minlashdir. progesteron ta’sirida endometriy desidial to’qimaga aylanadi. Rivojlanib kelayotgan tuxum hujayra (blastotsid) shu to’qimaga im’lantatsiya qilinadi va embrion rivojlanishi boshlanadi; progesteron ovulyatsiyani sekinlashtiradi va sut bezlari to’qimasini rivojlantiradi. Estrogenlar oqsil sintezini stimullab, organizmda anabolik ta’sir ko’rsatadi. Download 469.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling