Reja: Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi


 Buyrak usti bezi gormonlari va ularning funktsiyalari


Download 469.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana19.02.2023
Hajmi469.03 Kb.
#1214066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-MA\'RUZA

7. Buyrak usti bezi gormonlari va ularning funktsiyalari. Buyrak usti bezining 
mag’iz qismida adrenalin va kamroq miqdorda noradrenalin hosil bo’lib, xrommafin 
hujayralarida to’’lanadi. Qon tarkibidagi glyukoza miqdori kamayganda yoki 
organizmning yuqori qo’zg’algan holati – stressda adrenalinning sekretsiyasi 
kuchayadi. 
Adrenalin nishon to’qimalar metabolizmiga ikki xil yo’l bilan ta’sir etadi, bu 
uning gormon bilan bog’lanadigan α- va β- adrenoretseptorlar bilan bog’lanishi 
darajasiga bog’liq. Adrenalinning β-adrenoretseptor bilan bog’lanishi 
adenilatsiklazani stimullaydi va sAMF ga xos o’zgarishlarni amalga oshiradi; uning 
α-adrenoretseptor bilan bog’lanishi guanilatsiklazani stimullab sAMF ga xos 


o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Umuman, adrenalin glyukagonga o’xshash ta’sir 
ko’rsatadi. Bundan tashqari, adrenalin yurak-tomir sistemasining funktsiyasiga ham 
ta’sir etadi. U yurak qisqarishlarini oshiradi, qon bosimini ko’taradi, mayda 
arteriolalarni 
kengaytiradi.Odamning 
buyrak 
usti 
bezlari 
normada 
glyukokortikoidlardan 
– 
kortizol 
(gidrokortizon) 
va 
kortikosteron, 
mineralokortikoidlardan – aldosteronni sekretsiya qiladi. 
Glyukokortikoidlar sekretsiyasi kortikotro’in nazoratida amalga oshadi. Aldosteron 
sekretsiyasi Na
+
va K
+
kationlari bilan boshqariladi. Na
+
miqdori past, K
+
miqdori 
qonda yuqori bo’lganda aldosteron sintezi kuchayadi. 
Glyukokortikoidlar qon plazmasidagi transkortin α
1
-globulin bilan bog’lanadi va 
shunday kompleks holatida ‘eriferik to’qimalarga tashiladi. 
Glyukokortikoidlar uchun jigar, buyrak, limfoid to’qimalar, biriktiruvchi to’qimalar, 
muskullar nishon bo’ladi. 
Kortikosteroidlar maxsus mRNK va tegishli oqsil sinteziga indutsirlovchi ta’siri 
tajribalarda tasdiqlangan. Bunday ta’sir ularni sitozol ta’sir mexanizmiga 
asoslangandir. Hozirgi vaqtda organizmda modda almashinuvini kortikosteroid 
boshqaruv mexanizmi ketma-ketligi mavjudligi haqida kontse’tsiya ishlab chiqilgan: 
Gormon → gen → oqsil (ferment) 
Kortikosteroidlar biosintezini asosiy yo’li xolesterinni ‘regnenolonga fermentativ 
aylanishini o’z ichiga oladi. ‘regnenolon barcha steroid gormonlarning o’tmishdoshi 
hisoblanadi: 
Fermentlar ikkita ketma-ket keluvchi gidroksillanish va xolesterin yon zanjirining 
ajralish (izokapron kislota aldegidi sifatida) reaksiyalarni katalizlaydi. Murakkab 
oksigenez sistemasida elektron tashuvchi sifatida sitoxrom ‘-450 qatnashadi. Bundan 
tashqari elektron tashuvchi oqsil, xususan adrenodoksin va adrenodoksinreduktaza 
ishtirok etadi. 
Glyukokortikoidlar turli to’qimalardagi modda almashinuviga turlicha ta’sir etadi. 
Mushak, limfatik, biriktiruvchi va yog’ to’qimalarida glyukokortikoidlar katabolik 
ta’sir ko’rsatib, hujayra membranalari o’tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada 
glyukoza va aminokislotalarni kirishi tormozlanadi; ayni vaqtda ular jigarga qarama-


qarshi ta’sir ko’rsatadi. Glyukokortikoidlar ta’sirini oxirgi natijasi bo’lib, asosan 
glyukoneogenez hisobiga, gi’erglikemiyani rivojlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari glyukokortikoidlar yuborilgandan keyin gi’erglikemiya rivojlanish 
mexanizmiga mushaklarda glikogen sintezlanishini pasayishi, to’qimalarda glyukoza 
oksidlanishining tormozlanishi va yog’lar parchalanishining kuchayishi 
kiradi.Kortizol va gidrokortizonni jigar to’qimasidagi ba’zi oqsil fermentlar sinteziga 
indutsirlovchi ta’siri isbotlangan. Demak, gormon genetik axborotni o’tkazishni 
birinchi bosqichi transkri’tsiyaga ta’sir etib, m-RNK sintezini tezlashtiradi. 
Mineralokortikoidlar ( dezoksikortikosteron va aldosteron) asosan natriy, 
kaliy va xlor ionlarini ushlanib qolishi va kaliy ionlarini siydik bilan chiqarishini 
ta’minlaydi. Aldodteron molekulasida 13 – uglerod atomida metil guruhi o’RNKiga 
aldegid guruhi bo’lganligi uchun shu nomni olgan. Aldosteron boshqa 
kortikosteroidlar orasida eng faol mineralokortikoidlardir, xususan u mineral 
almashinuviga ta’sir etishi bo’yicha dezoksikortikosterondan 50 – 100 barobar 
faoldir. 
Ma’lumki, kortikosteroidlarning yarim parchalanish davri 70-90 minutni 
tashkil etadi. Kortikosteroidlar yoki qo’sh bog’larni uzilishi hisobiga qaytariladi yoki 
17 – uglerod atomida joylashgan yon zanjirini ajralishi bilan boradigan oksidlanishga 
uchrab, ikkila holatda ham gormonlarning biologik faolligi pasayadi. Buyrak usti bezi 
RNKstloq qismi gormonlarining oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulotni 17-
ketosteroidlar deb ataladi. Ular oxirgi mahsulot sifatida siydik bilan chiqariladi. 
erkaklarda esa erkaklar jinsiy gormoni almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
Glyukokortikoidlar yallig’lanish, allergiyaga qarshi antiimmun faollikka ega 
bo’lganliklari uchun bronxial astma, revmatoid artrit, sachratqi, turli autoimmun 
kasalliklar, dermatozlar va boshqalarni davolashda keng qo’llaniladi. Lekin 
kortikosteroid preparatni uzoq vaqt qo’llash organizmdagi modda almashinish 
jarayonlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Download 469.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling