Reja: Moddalar almashinuvi va funktsiyalarning gormonlar ishtirokida idora etilishi
Download 469.03 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MA\'RUZA
2. Gormonlarning tasnifi. Gormon ajratuvchi bezlar markaziy nerv sistemasi
bilan anatomik jihatdan bog’langan markaziy va ‘eriferikka bo’linadi: Markaziy- Gipotalamus, Gipofiz, e’ifiz; Periferik - qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar, timus. Sanab o’tilgan bezlardan tashqari gormonlar o’xshash biologik faol moddalar ajratuvchi boshqa hujayralar ham endokrin funktsiyani bajaradi. SHuning uchun ularni gormonsimon moddalar yoki gormonoidlar (mahalliy gormonlar, ‘aragormonlar) deb atash qabul qilingan. Ular odatda o’zlari hosil bo’lgan joyga ta’sir etadi va boshqa organlarda (prostaglandinlar) ajralib chiqadi. Kimyoviy tabiatiga ko`ra gormonlar uch guruhga bo`linadi: 1. peptid (oqsil) tabiatli gormonlar: a) murakkab oqsillar – glikoproteinlar; bularga FSG, lyuteinlovchi gormon, TTG va boshqalar kiradi. b) oddiy oqsillar: prolaktin, STG, insulin va boshqalar kiradi; v) peptidlar: AKTG, glyukagon, kaltsiotonin, somatostatin, vashressin, oksitotsin va boshqalar kiradi. 2. Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar, melatonin va boshqalar kiradi. 3. Steroid birikmalar va yog’ kislotalar unumlari (prostaglandinlar). Steroidlar gormonlarning katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar va estrogenlar), 1,25- dioksixolekaltsiferol va boshqalar kiradi. Biologik funksiyasiga qarab gormonlar 5 guruhga bo’linadi: 1.Uglevod, yog’, aminokislotalar almashinuvini idora etuvchi gormonlar(insulin glyukagon, adrenalin, glyukokortikosteroidlar). 2. Suv-tuz almashinuvini idora etuvchi gormonlar (mineralokortikoidlar, antidiuretik gormon). 3. Kaltsiy va fosfat almashinuvini idora etuvchi gormonlar (‘aratgormon, kaltsitonin, kaltsitrol). 4. Reproduktiv funksiyaga aloqador modda almashinuvini idora etuvchi gormonlar (estradiol, progesteron, testosteron). 5. endokrin bezlar funktsiyasini idora etuvchi gormonlar(kortikotro’in, tireotro’in, gonadotro’in). Download 469.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling