2. Demokratizm prinsipi. Demokratizm eng avvalo Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy Xo‘jalik sudi sudyalarini ma'lum muddatga Senat tomonidan saylab qo‘yilishida ko‘rinadi. Sudlarni ish yuritishda, sud jarayonining ishtirokchilarini teng huquqliligi ham demokratizmni ifodasidir. Quyi sudlar sud'yalari Prezident tomonidan tayinlanar ekan, nomzodlarni tanlashdagi erkinlik, oshkoralik, tegishli talabga javob beruvchilarni sudyalik lavozimiga rezervga qo‘yish, ularni tanlov asosida tanlab olib, Prezidentga tayinlash uchun tavsiya qilish, tanlov komissiyasi tarkibida turli davlat organlari, ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari vakillari bo‘lishi demokratizmni namoyon bo‘lishidir.
3. Favqulodda sudlarni tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi. Bu masala 107-moddada belgilangan. Sudlov ishlari faqat Konstitutsiyada belgilangan tizim doirasidagi sudlar tomonidan olib boriladi. Ular esa qonuniy shakllantirilgan va sudyalar tegishli vakolatlarga ega. Boshqa tarzda sudlarni tuzish qonunsiz hisoblanadi.
Bu qoida bekorga o‘rnatilmagan. O‘tmishda favqulodda tuzilgan organlardan xalqimiz jabr ko‘rgan. Oktyabr revolyusiyasidagi so‘ng Rossiya Federatsiyasida, keyinchalik SSSR tarkibida bo‘lgan O‘zbekistonda “Favqulodda komissiya”, “Uchlik” deb ataluvchi qatag‘on davrining qurollari xalq boshiga ne kunlarni solmadi. Bunday favqulodda tuzilmalar ham tergov, ham jazolovchi organ bo‘lib, xalq boshiga cheksiz kulfatlarni soldi. Shuning uchun favqulodda sudlar tuzish odil sudlov prinsipiga zid deb, bu qoida Konstitutsiyada belgilab qo‘yildi.
4. Sudyalar faqat shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi professional xizmatchidir. Ular sudyalik faoliyati davomida deputat bo‘la olmaydi, shuningdek siyosiy partiyalar va harakatlar a'zosi bo‘lishi ham mumkin emas, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa lavozimlarda ishlashi ham mumkin emas. Bu qoida ularni o‘z faoliyatini adolat prinsiplarida, hyech kimning ta'siriga berilmay bajarishlari uchun o‘rnatilgan. Sudyalarni deputat bo‘la olmasligi saylov qonunlarida ham belgilab qo‘yilgan.
Sudyalar faqat ilmiy va pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |