O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


 Sud hujjatlarini bajarish hamma uchun majburiyligi


Download 1.95 Mb.
bet183/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

7. Sud hujjatlarini bajarish hamma uchun majburiyligi. Konstitutsiyaning 114-moddasida “Sud hokimiyati chikargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir” deyilgan. Bu sud hujjatlariga kuchli maqom berilganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini 232-moddasida sud qarorini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unga asosan sud hujjatlarini qasddan bajarmaganlik yoki bajarishga to‘sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunday xil sodir etilsa eng kam ish xaqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2001-yil 22-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Adliya vazirligi huzurida Sud qarorlarini ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash Departamenti” tashkil etilishi ham sud faoliyatining shu prinsipini yanada yaxshiroq ta'minlashni nazarda tutgan.
8. Sudlarda ish yuritish tilini tanlash prinsipi. Sud ishlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquqlari har jihatdan ta'minlanadi. Buning uchun Konstitutsiya va qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud yuritishda amal kiladigan prinsiplar ham ko‘zda tutadi.
Fuqarolar huquqini ta'minlashda muhim vosita bu sud ish yuritishda til tanlash masalasidir.
Konstitutsiyaning 115-moddasida, fuqarolar ta'minlovchi vositalardan biri sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta'minlanadi”, – deb belgilangan. Demak, sud ishlarini yuritishda hyech qanday tilga imtiyoz berilmaydi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling