O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari maqomiga ta'siri
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 2. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari maqomiga ta'siri
Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar prokuratura organlariga ham ta'sir qildi. Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo‘li belgilanar ekan, eng muhim vazifalar qatorida “ – barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunni ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo‘lmasa, qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo‘lmaydi”1, deb belgilandi. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda prokuratura organlarini bevosita ishtiroki zarur edi. Shundan kelib chiqib, prokuratura maqomi O‘zbekiston Konstitutsiyasida alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitutsiya qabul qilingandan keyin (1992-yil dekabrda) “Prokuratura to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Yangi jamiyat qurish boshlanishi, har kim va har bir narsa qonunga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan huquqiy davlat qurish maqsadi, jamiyatda qonun boshqaruvning asosiy va ko‘p qirrali vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi anglanib shu organlar, jumladan prokuratura to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish zarurati ko‘zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan e'tirof etilganidan2 so‘ng, prokuratura organlari haqidagi qonunni takomillashtirishga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston XXI asrga, mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshirish maqsadi bilan kirdi. Endi barchani qonun asosida yashashga o‘rganishi muhim bo‘lib qoldi. Sud-huquq sohasiga tegishli islohotlar chuqurlashib borar ekan, uni natijasida advokatura tizimini kuchaytirish va uni chinakam mustaqilligini ta'minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko‘pgina chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi – Prezident ma'ruzasida qayd qilindi1. Prezidentning ikkinchi chaqiriq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 2002-yil 22-yanvarda so‘zlagan ma'ruzasida ham “Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tenglik ta'minlanmog‘i va buning uchun advokatura idoralarining mavqyeini ko‘tarish darkor”2ligi qayd qilindi. Shundan so‘ng “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, qonun 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi. Prokuratura faoliyatini tashkillashtirish davom etdi va 2000-yilning ikkinchi yarmidan bu masalaga yanada katta e'tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida Prezident prokuratura maqomiga taalluqli jiddiy mulohazalarni bayon qildi. Unda huquqiy davlat qurishda sudyaning rolini oshirish qonuniy jarayon ekanligi munosabati bilan, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish hozirgi zamonning mantiqiy talabi ekanligi qayd qilindi va bu, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan bog‘liq masala ekanligi ko‘rsatildi. Shulardan kelib chiqib, Prezident “Boshqa demokratik davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, xibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘ylayman”3 – deb o‘ta muhim masalani o‘rtaga tashladi. Prezidentning bu takliflari keyinchalik qonunchilikda o‘z ifodasini topdi. Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga, Prezidentning 2010-yil 12-noyabrda, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan ma'ruzasidagi ko‘rsatmalar ta'sir qiladi. Ma'ruzada qayd qilinishicha: Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokaturaning tengligini ta'minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda; jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo‘nalishga aylandi; dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi; “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya'ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi; sud qarorlarini ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalarining esa tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi; “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida fuqarolar prokuror nazorati ob'ektlari qatoridan chiqarildi. Bu ishlar aslo prokuraturani jamiyatdagi rolini kamaytirishga qaratilmagan. Bu birinchi navbatda, prokuraturani sud jarayonida ishtirokini cheklab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume'tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarini amalga oshirilishini, prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'uliyatini oshirishni ta'minlaydi. Prezident ma'ruzasida shuningdek, sudga qadar ish yurituv bosqichida qo‘llaniladigan barcha choralarni prokuraturadan sud o‘tkazish; birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini prokuraturaga yuklash; prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustivorligini ta'minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarini o‘rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi ko‘rsatildi1. Bu ko‘rsatmalar amaliyotda o‘z o‘rnini tezda topa boshladi. 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishilari sifatida, “Markazda va joylardagi davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta'minlash” – belgilandi. Bu nazorat doirasiga albatta prokuratura organlari ham kiradi. Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o‘ziga belgilangan vazifani bajarish maqsadida “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura organlarining norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotida tizimli ravishda tekshiruvlar, o‘rganishlar o‘tkazadi” – deb vazirlikni prokuratura organlariga nisbatan huquqi belgilab qo‘yildi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling