O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet194/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Respublikaning bank tizimi

Bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Moliya tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.


Bank tizimining yuqori, ya'ni birinchi pog‘onasi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki bo‘lib, u bank tizimiga rahbarlik qiladi, bank sohasidagi qoidalarni o‘rnatadi, tijorat banklarini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining davlat organi sifatidagi huquqiy maqomi avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan. Konstitutsiyaning 124-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Banki bank tizimini, Respublika Markaziy banki boshqaradi”, – deyilgan.
Davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qiladi. Markaziy Bank to‘g‘risidagi Qonunning 7-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me'yoriy hujjatlari agar Markaziy Bank tomonidan chiqariladigan normativ huquqiy hujjatlar turli yuriqnomalar, qoidalar, tartiblar va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bir qator funksiyalarni amalga oshiradi. Bunday funksiyalarga:
A) iqtisodni pul-kredit tartibiga solish;
B) banklar faoliyatini tartibga solish;
V) bank nazorati;
G) valyutani tartibga solish;
D) to‘lov tizimini tashkil qilish va boshqarish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlat organi sifatida boshqa davlat organlaridan farq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining boshqa davlat organlaridan birinchi farqi shundaki, u iqtisodiy mustaqil tashkilot hisoblanib, sarf-harajatlari o‘z foydasi hisobidan qoplanadi. Ya'ni Markaziy Bank, bevosita xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi va foyda ko‘radi. Natijada shu foyda evaziga o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Boshqa davlat organlarining faoliyati esa Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining boshqa davlat organlaridan ikkinchi farqi shundaki, u faqat Oliy Majlisga hisobot beruvchi tashkilotdir. Boshqa davlat organlari Vazirlar Mahkamasi boshqaradigan davlat organlari tizimiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining mustaqilligi birinchi navbatda uning pul-kredit siyosatiga ijro organlaridan, avvalo Vazirlar Mahkamasidan mustaqilligini ta'minlashga yo‘naltirgan.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasini turli tijorat banklar tashkil qiladi. Bu – universal, ya'ni bank operatsiyalarining xamma turlarini bajaradigan va ixtisoslashgan, ya'ni iqtisodni aniq, tarmoqdariga xizmat ko‘rsatadigan yoki bank operatsiyalarini ba'zi bir turlarini ko‘p bajaradigan banklar; filiallarga ega bo‘lgan va filiallari yo‘q, banklar; O‘zbekiston banklari, qo‘shma banklar va chet el banklarining sho‘ba banklari va hokazo banklardir.
Tijorat bankning aniq ta'rifi katta amaliy ahamiyatga ega. Tijorat bankning ta'rifi bank nomidagi tashkilot yoki sub'ekt nima o‘zi, uning huquqiy makomi qanday, uning vakolatlari nimadan iborat, u xo‘jalik muomilasida qanday ishtirok etadi va shu kabi muxim huquqiy savollarga javob beradi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonundir.
Respublikaning moliya va kredit tizimi qandayligi mamlakatning taraqqiyotiga katta ta'sir qiladi. Shuning uchun ularni takomillashtirishga doimo e'tibor beriladi. Bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish iqtisodiy islohotlar roli muhim masala ekanligi 2005 yil Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida alohida ta'kidlandi va bank va moliya tizimlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi1.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling