O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 2. Mudofaa va xavfsizlikni ta'minlashda Qurolli Kuchlarning o‘rni


Download 1.95 Mb.
bet197/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 2. Mudofaa va xavfsizlikni ta'minlashda Qurolli Kuchlarning o‘rni

Sobiq ittifoq davlati - SSSR o‘zining ko‘plab salbiy jihatlari bilan birga eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, O‘zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo‘lib, SSSR tugatilganidan so‘ng Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom, barbod bo‘lib, turli tahdidlar kuchayib borayotgan vaqtda, O‘zbekistonni o‘z mudofaa vazirligini va joylarda qo‘mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o‘z vaqtida qabul qilingan va to‘g‘ri bo‘lgan qaror edi.


Chunki mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq bo‘lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asossiy va hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarni mavjudligi, vazifasini Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo‘ldi. Natijada Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun tuzildi”-deb qayd qilingan. Bu bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilsh kerakligi va ularni vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:

  • Davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;

  • Aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda tuziladi.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli majorolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. (Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o‘z faoliyatini qonuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish sosida tashkil etiladi.
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini ta'minlash imkoniyatini beradi.
Qurolli Kuchlar ularning tarkibiy qismlari o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, ularning ixtiyoriga harbiy ob'ektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo‘yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega” – deb ko‘rsatilgan. Bu degani Qurolli Kuchlarni tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog‘, tehnika ashyolar hamda eng muhimi Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib, O‘zbekiston mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o‘tovchi shaxslar faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o‘tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va boshqa hodimlardir.
Mamlakatimizning dastlabki davrlarida iqtisodi qiyinchiliklarga qaramay Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo‘ljallangan bir qancha harbiy o‘quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan jihozlashni samarali choralari ko‘rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada ta'minlash uchun zarur mablag‘ ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi mudofaani ta'minlash va xavfni oldini olish xarakterida tuzildi1.
O‘zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo‘shinlarini va ichki qo‘shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma-bosqich isloh qilish maqsadi bilan kirdi.
Islohotlarning maqsadi – mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta'minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma'muriy birliklar-harbiy okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi professional tarkibi jihatdan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma va qismlari qaytadan joylshtirildi. Bular:
birinchidan, qo‘shinlarni boshqarish samaradorligining ancha oshirilishiga;
ikkinchidan, ularni eng muhim strategik yo‘nalishlarda ishlashiga;
uchinchidan, hududiy mudofaani haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi.
Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi.
Armiyani mutahkamlash – ularni zamonaviy qurollar bilan ta'minlash bilan bevosita bog‘liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi.
Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ishlardan chegara qo‘shinlari, ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari ham chetda qolgani yo‘q. Chunki ular ham mamlakat xavfsizligini ta'minlashda o‘z o‘rniga ega.
Bulardan tashqari xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rganib, Qurolli Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo‘g‘inlaridan tortib yuqori bosqichlarigacha boshqarish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi1.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling