O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 5. Moliya-bank tizimini barqaror rivojlanishini ta'imlash
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 5. Moliya-bank tizimini barqaror rivojlanishini ta'imlash
Moliya-bank tizimini mamlakat hayotidagi, fuqarolar hayotidagi muhim roli to‘g‘ri anglanib, dastlabki kunlardan boshlab moliya-bank tizimini rivojlanishiga, barqaror institutga aylanishiga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Bu tadbirlar orasida milliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda respublikada valyuta birjasi tashkil etilgan va u faoliyat ko‘rsatmoqda. Xukumat milliy valyutani mustahkamlash maqsadida byudjet va pul-kredit siyosatini keskinlashtirish, iste'mol bozorini to‘ldirish, eksportni kuchaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, pul aylanmasini tezlashtirish va muomaladagi naqd pulni kamaytirish yuzasidan to‘rtta dastur ishlab chiqib, qabul qildi2. 2000-yilning boshlaridan moliya va bank tizimini mustahkamlashga yana e'tibor kuchaytirildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 2000-yil 22-yanvar ma'ruzasida Prezident bu masala xususida shunday dedi: “Bank tizimini tubdan musthkamlash, bu sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish, banklarning kredit berish imkoniyatlarini va ustav kapitalini bo‘sh mablag‘lar jalb qilish hisobiga kengaytirish talab etiladi”3. Islohotlar natijasida banklarni baquvatlashtirish, ularning kredit berish imkoniyatini kuchaytirishga alohida e'tibor berilmoqda. 2005-yildagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Prezident iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini ko‘rsatib o‘tar ekan, “to‘rtinchi ustuvor vazifa - bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish”1 deb belgiladi. Qilinadigan ishlar natijasida, - qat'iy pul-kredit siyosatini o‘rnatish; - inflatsiya darajasining barqarorligini ta'minlash; - milliy valyuta va uni almashuv kursi mustahkamligini saqlashda moliya-bank tuzilmalarini ma'suliyatini oshirish asosiy vazifa qilib belgilandi. Prezident ko‘rsatmalari asosida banklarni kapitallashtirish; ularning nizom va aylanma fondlarini ko‘paytirish; mablag‘larini investitsiya maqsadlariga, birinchi navbatda, real iqtisodiyotga yo‘naltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rildi. “Bank aylanmasidan hali-beri chetda qolayotgan salmoqli moliya mablag‘lari va pul oqimlarini ushbu tizimga jalb qilish uchun aniq va qat'iy choralar ko‘rish”2 - lozimligini ma'ruzada ta'kidladi. 2010-yilga kelib moliya-bank tizimini rivojlantirish, barqarorligini ta'minlashda shu davrda qabul qilingan qonunlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar natijalari mazkur munosabatlarni huquqiy asoslarini ta'minlab kelmoqda. Bularga “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarni, Soliq kodeksida ko‘rsatilgan o‘zgartirishlarni ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiyotda, moliya va bank tizimida olib borilgan islohotlarning to‘g‘riligi, hayotiyligi, jahon moliyaviy inqirozi davrida o‘zini ko‘rsatdi. “Sizlarga yaxshi ma'lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy-inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanligini isbotladi”3, – deb ma'lum qildi O‘zbekiston Prezidenti. Shu bilan birga xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish va shuni hisobiga moliya-bank sohalariga xususiy kapitalni jalb qilinishi muhim vazifalardan deb belgilandi. Demak, moliya-bank tizimining bundan keying rivojlanishi xususiy kapitalni ishtiroki, uni jalb qilish bog‘liq holda ko‘rildi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling