O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 3. Qurolli Kuchlar tuzilishi va Qurolli Kuchlarni boshqarish


Download 1.95 Mb.
bet198/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 3. Qurolli Kuchlar tuzilishi va Qurolli Kuchlarni boshqarish

Konstitutsiyaning 126-moddasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta'minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlarga ega” - deb belgilangan.


“Mamlakatimiz sarhadlarini daxlsizligini va hududiy yaxlitligini saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta'minlangan yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to‘liq javob beradigan, son jihatdan ixcham va xarakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish – O‘zbekistonimizning byuuk kelajagini barpo etish yo‘lidagi eng muhim vazifalardan biridir”2 – deb bu masalani moxiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezident. Hozirgi kunda bu vazifa bajarildi desa bo‘ladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat'iy tizimi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o‘z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya'ni yuqoridagi bo‘linma va tuzilmalar birlashib Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.
O‘tgan yillar davomida davlatni mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko‘rib chiqilib, yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabini tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo‘ldi.
Harbiy xizmatchilarni tayyorlashning yangi shakllari vujudga keldi.
Qurolli Kuchlarga chaqiruv muddati 18 oydan 12 oyga o‘zgartirildi. Bularning barchasi mamlakatimizni mudofaa qobiliyatini oshirdi, xalqimizning tinch-osoyishta, xavotirsiz yashashi uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlarni bo‘lishini o‘zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli boshqarilgandagina ular o‘z oldiga qo‘ygan vazifani to‘la bajara oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshqarishga alohida e'tibor beriladi.
O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi, 20-bandiga asosan, Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu moddasiga binoan Oliy bosh qo‘mondon sifatida, Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy harbiy unvonlarni beradi.
Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy boshqo‘mondon) “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida belgilangan.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘ysunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradi.
Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi raisi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o‘z tasarrufidagi qo‘shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida Mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik organi hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning boshqarishda harbiy okruglar alohida o‘rin tutadi, harbiy okrug alohida yo‘nalishlarda Respublika xavfsizigi va hududiy yaxlitligini ta'minlovchi asosiy harbiy-ma'muriy birlik hamda umum qo‘shin tezkor strategik birlashmadir.
Mudofaa sohasidagi O‘zbekiston hukumatining, Mudofaa vazirligining, vazirlar, davlat qo‘mitalari va idoralarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari “MUdofaa to‘g‘risida”gi Qonunning 9-10-12-13-14-moddalarida belgilab qo‘yilgan.
Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya'ni davlat organlariga o‘z vazifalarini bajarishga ko‘maklashdi (Qonunning 15-moddasi).
Mudofaa va xavfsizlik masalasi o‘ta muhim masala ekanligi sababli, u O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari va shartlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan1.
Unda ta'kidlanishicha, davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma'naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi. Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhimi qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armiyani, o‘z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta'lim olgan, o‘z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo‘lgan, o‘z Vatanining sha'ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo‘lgan armiyani bosqichma-bosqich vujudga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan uncha katta bo‘lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan bekam-u ko‘st qurollangan, O‘zbekistonning xavfsizligini mustaqil ravishda va puxta ta'minlashga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir2.
O‘zbekiston Prezidentining bu so‘zlarida mudofaaning ahamiyati, unda Qurolli Kuchlarning roli va Qurolli Kuchlarni takominlashtirishhamda undan ko‘zlangan maqsad aniq ko‘rsatib berilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling